Montella: “Umid qilamanki, “Sevilya”ga “Roma” ro'baru keladi”
15 mar 2018 23:53
Yangiliklar


Montella: “Umid qilamanki, “Sevilya”ga “Roma” ro'baru keladi”
“Sevilya” bosh murabbiyi Vincenco Montella ECHL chorak finalida “Roma” bilan to'qnash kelish istagida ekanligini yashirmadi.
“Biz ajoyib stadionda “Manchester Yunayted”ni mag'lub etib, muhim natijaga erishdik. G'aroyib kecha bo'ldi. Keyingi bosqichda xayolan “Bavariya” bilan to'qnash kelayotgandekman, ammo “Roma” bilan kuch sinashsak yaxshi bo'lardi. Eusebio Di Franchesko mening do'stim”, deya Montellaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
Takidlash joizki, Montella “Roma”da futbolchilik faoliyatini bir necha yilini o'tkazgan, keyinchalik yoshlar va asosiy jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar