Montella: "Fiorentina" chiroyli o'ynadi"
06 mar 2015 23:30
Yangiliklar


Montella: "Fiorentina" chiroyli o'ynadi"
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella Italiya Kubogining yarim final dastlabki bahsida "Yuventus" ustida qozonilgan g'alabadan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Barcha futbolchilarim juda yaxshi harakat qilishdi. Darvozabondan tortib hujumchilarimizgacha zo'r o'ynashdi. Hujumchilar kerakli paytda himoyaga kelib yordamlashishdi. Futbolchilarim bor kuch-g'ayratlarini ko'rsatishsagina kerakli natijaga erishishimiz mumkinligini bilardilar. "Yuventus" jamoasi ham finalga chiqishni juda istamoqda, bu aniq. SHu bois javob o'yini ancha qiyin bo'lishini bilaman.

Fikrlar