Montella bir mavsumning o'zida ikkinchi jamoasidan ham ketishga yaqin

Mirjalol Normatov
28 apr 2018, 19:51
"Sevilya" bosh murabbiyi Vinchenco Montellaga iste'fo berilishi kutilmoqda.

"Football Italia" nashri xabariga ko'ra, rahbariyatdagilar klubning so'nggi natijalaridan mamnun emas. Jamoaning g'alabasiz seriyasi 9 bahsga etdi.

Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, Montella bir mavsumning o'zida ikkinchi jamoasidan ham ketishi mumkin. Oldinroq u "Milan" bosh murabbiyligidan ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia