“Monako”ga qarshi bahs oldidan PSJda yo'qotishlar etarlicha
19 noy 2020 21:10
Yangiliklar
“Monako”ga qarshi bahs oldidan PSJda yo'qotishlar etarlicha
Uning so'zlariga ko'ra, Marko Veratti va Mauro Ikardi ertangi uchrashuvda qatnashmaydi, ular keyingi hafta safga qaytishi kutilmoqda. SHu bilan birga Yulian Draksler, Tilo Kerer, Idrissa Guye va Xuan Bernat uzoq muddatga safdan chiqqan.
Neymar va Moyze Kin borasidagi qaror bugun tunda aniq bo'ladi. Ularning bo'lajak o'yinda qatnashishi 50 ga 50.
Kilian Mbappe esa 1 taym harakat qila oladi va zaxiradan tushishi ham mumkin.
Katta ehtimol bilan “Monako” bilan o'yinni bugun terma jamoa ixtiyoridan qaytib kelgan Leandro Paredes, Anxel Di Mariya va Markinos ham o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Franciya chempionati 10 turidan keyin parijliklar jadvalda 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Monako” esa 17 ochko to'plagan holda 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar