"Monako" - PSJ uchrashuvi o'tkaziladigan sana malum bo'ldi
03 dek 2019 19:29
Yangiliklar


"Monako" - PSJ uchrashuvi o'tkaziladigan sana malum bo'ldi
Franciya chempionati 15-turi doirasidagi "Monako" - PSJ uchrashuvi o'tkaziladigan sana malum qilindi.
Bahs aslida 1 dekabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq ob-havoning yomon bo'lganligi sababli o'yinni o'sha kuni o'tkazishning ilojisi bo'lmadi.
Parij klubi tvitteri xabariga ko'ra, o'yin 15 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
"Monako" ayni damda Franciya chempionatining 14-pog'onasida ketayotgan bo'lsa, PSJ jadvalda karvonboshilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar