"Monako" niderlandiyalik forvardni sotib oldi
05 avg 2021 19:55
Yangiliklar
"Monako" niderlandiyalik forvardni sotib oldi
Franciya klubi o'z rasmiy saytida "AZ Alkmaar" hujumchisi Miron Boaduni sotib olganini elon qildi.
Monegasklar o'yinchi uchun 17 million evro to'lashdi. U bilan 2026 yilning iyunigacha shartnoma tuzildi.
Boadu "AZ" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 88 o'yinda 38 ta gol urgan va 18 ta assist qayd etgan.
Alohida aytish lozim, forvardga "Barselona" tomonidan qiziqish bo'layotgandi.
Fikrlar