"Monako" "Milan" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
4 dek 2020, 13:00
"Milan" xavbeki Frank Kesse faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin.

Fransiyaliklar faol ravishda ivuarlik futbolchiga qiziqish bildirishmoqda, o'yinchining o'zi ham milanliklar safini tark etishga tayyor.

Italiya klubi Frank Kesse bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.

23 yoshli o'yinchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport