"Monako" klubi "neradzurrilar"ning portugaliyalik futbolchisi uchun 18 million evro bermoqchi
28 iyu 2019 21:40
Yangiliklar
"Monako" klubi "neradzurrilar"ning portugaliyalik futbolchisi uchun 18 million evro bermoqchi
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining malmuotiga ko'ra, klublar 26 yoshli futbolchining transferi borasida muzokara olib borishmoqda. Monegaskliklar 18 million evro taklif qilgan bo'lsa, "Inter" Mariuning sotuvidan 25 million evro ishlab olmoqchi.
Joau Mariu 2016 yilda 45 million evro evaziga "Inter"ga kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsum A Seriyaning 20 o'yinida ishtirok etgan portugaliyalik xavbek 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Fikrlar