“Monako” futbolchisi yarim yilga futboldan chetlatildi

6 mar 2020, 08:00
Bunga sabab esa hakamni turtib yuborgani.

“Monako” futbolchisi Jelson Martinsh 6 oy mobaynida futbol o'ynay olmaydi. Ushbu qarorni Fransiya professional futbol ligasi qabul qildi. Martinsh “Nim”ga qarshi bahsda hakamni turtib yuborgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi. Jelsonning ushbu harakati o'rganib chiqilib, unga 6 oylik jazo tayinlandi.

Shu tariqa Martinsh joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi. Portugaliyalik futbolchi amaldagi mavsum Fransiya chempionatida 21 ta o'yinga o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24