Monako futbolchisi Arsenalga 50 mln funt evaziga o'tadi

Tolibjon Qosimov
2 avg 2017, 20:06
Monako yarim himoyachisi Toma Lemar Arsenalga o'tishga yaqin.

Fransiya klubi 21 yoshli futbolchi uchun 50 million funt olmoqchi.

Bunga qadar Monako Lemar borasidagi Arsenalning 40 mln, 45 mln va 50 mln evrolik takliflarini rad qilgandi.

Yozda ushbu klub hozirga qadar futbolchilar sotuvidan 142,3 million funt ishlab oldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports