Mo'min Meliev: “Niyatim kuchli beshlikda to'p tepish”

Narzulla Saydullayev
6 avg 2020, 15:06
Muborakning “Mashal” jamoasi hujumchisi Mo'min Meliev o'zining niyati haqida gapirib berdi.

Men “Mashal” jamoasi bilan birga ekanligimdan faxrlanaman, “Mashal” - buyuk jamoa. Biz Superligada debyut qilayotgan jamoamiz. Jamoa bilan hali qiladigan ishlarimiz ko'p.

Mening niyatim kuchli beshlikda to'p tepish. Bu borada “Mashal” futbol klubi menga juda katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov ham shu klubdan chiqishgan. Shuning uchun ham men bu klub uchun borimni berishga ham tayyorman", - deydi Mo'min Meliev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати