Moliyaviy hisobotlardagi qing'irliklar sababli "SHeffild Uensdey" jiddiy jazolandi
01 avg 2020 10:18
Yangiliklar
Moliyaviy hisobotlardagi qing'irliklar sababli "SHeffild Uensdey" jiddiy jazolandi
CHempionship klubi mavsumni manfiy ko'rinishdagi ochkolar bilan boshlaydi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, Angliya futbol ligasi rahbariyati ushbu klubda taftish ishlari olib borgan va moliyaviy hisobotlarda qing'irliklar aniqlangan. SHu sababli jamoadan 12 ochko olib tashlandi. Navbatdagi mavsumni jamoa -12 ko'rinishidagi ochko bilan boshlaydi. Buni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.
Endi "SHeffild Uensdey" 30 kun ichida appelyaciya topshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ushbu mavsumda "SHeffild Uensdey" 46 o'yinda 56 ochko jamg'arib, 16-o'rinda qayd etildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar