Moldova TJ o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi
29 mar 2021 00:20
Yangiliklar
Moldova TJ o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Daniya – Moldova bahsida mezbonlar 8:0 hisobida zafar quchdi.
Daniyaliklar so'nggi bor bunday yirik natijani Olimpiada-1988 saralashi doirasida o'tgan Ruminiya (8:0)ga qarshi uchrashuvda qayd etishgandi.
Moldovaliklar esa bugun o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha termaning eng yirik mag'lubiyati (0:6) SHveciya va Italiyaga qarshi o'yinlarda yuz bergandi.
Daniya saralashning “F” guruhida 6 ochko bilan yaqqol peshqamlik qilayotgan bo'lsa, Moldova 1 ochko bilan 5-o'rinda turibdi.
Fikrlar