Moldova TJ o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2021, 00:20
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Daniya – Moldova bahsida mezbonlar 8:0 hisobida zafar quchdi.

Daniyaliklar so'nggi bor bunday yirik natijani Olimpiada-1988 saralashi doirasida o'tgan Ruminiya (8:0)ga qarshi uchrashuvda qayd etishgandi.

Moldovaliklar esa bugun o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha termaning eng yirik mag'lubiyati (0:6) Shvetsiya va Italiyaga qarshi o'yinlarda yuz bergandi.

Daniya saralashning “F” guruhida 6 ochko bilan yaqqol peshqamlik qilayotgan bo'lsa, Moldova 1 ochko bilan 5-o'rinda turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live