Moldova FF vice-prezidenti Ion Testemicanu O'zbekiston bilan kelishuv bo'lganini takidladi
01 dek 2015 22:35
Yangiliklar


Moldova FF vice-prezidenti Ion Testemicanu O'zbekiston bilan kelishuv bo'lganini takidladi
Moldova futbol federaciya vice-prezidenti Ion Testemicanu O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini bo'yicha kelishuv bo'lgani haqida www.moldsport.com saytiga bergan intervyusida aytib o'tgan.
"O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi aniq kelishib qo'yilgan. Turkiyada faqat bir jamoa bilan o'ynash uchun bormaslik maqsadida biz yana bir raqib izlamoqdamiz. Hozirda Ruminiya bilan muzokara ketmoqda", - deydi Moldova futbol federaciya vice-prezidenti Ion Testemicanu.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov o'z intrevyusida Moldova terma jamoasi bilan bo'ladigan o'rtoqlik o'yini haqidagi xabarlarni asossiz deb aytgandi.
Aslida esa O'zbekiston terma jamoasi hamda Moldova o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lishi haqidagi xabarni O'FF rasmiy sayti chop etgandi.
Moldovaning "moldsport" sayti ham "O'zbekiston terma jamoalar markazi direktori Testemicanuning gaplarini inkor etdi", degan sarlavhali xabarda Asqar Tolibjonovning so'zlarini keltirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar