Moyya: "Kelajakda Oblak "Atletiko" uchun muhim rolni o'ynaydi"
25 okt 2014 11:09
Yangiliklar


Moyya: "Kelajakda Oblak "Atletiko" uchun muhim rolni o'ynaydi"
"Atletiko" darvozaboni Migel Anxel Moyya o'z hamkasbi va jamoadoshi bo'lgan Yan Oblak nomiga iliq so'zlar aytdi.
"Oblakka menga to'lashgandan ko'ra ko'proq pul ajratishdi, buning ustiga u mendan sakkiz-to'qqiz yosh kichkina. Ammo murabbiy o'zi to'g'ri hisoblagan tarkibni maydonga tushiradi. Oblak - kelajagi bor darvozabon. Agar u "Atletiko"ga o'tmaganida, Yan Evropaning boshqa bir kuchli jamoa tarkibini to'ldirgan bo'lardi. Uni kelajagi buyuk va u hozir bulmasa, keyinroq jamoa uchun asosiy rolni o'ynaydi" - deydi Moya.

Fikrlar