So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

Mo'jiza tufayli guruhdan chiqqan O'zbekiston, Avstriyani mag'lub etgan Hamdamov, OFKning etirofi – 2015 yil Yangi Zelandiyada o'tkazilgan Jahon chempionatini yodga olamiz Yangiliklar

Mo'jiza tufayli guruhdan chiqqan O'zbekiston, Avstriyani mag'lub etgan Hamdamov, OFKning etirofi – 2015 yil Yangi Zelandiyada o'tkazilgan Jahon chempionatini yodga olamiz

Garchi chempionatlar boshlanayotgan bo'lsada terma jamoalarimizning tarixdagi ajoyib o'yinlarini va muvaffaqiyatli qatnashgan turnirlarini yodga olishda davom etamiz.

Bugun bevosita 2015 yilgi Yangi Zelandiya yashil maydonlarida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati haqida so'z yuritamiz. Zero, ushbu mundial bizga qiziqarli va hayajonli lahzalarni taqdim qilganligi bilan yodda qolgan.

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi terma jamoamiz 2014 yil Myanmadagi Osiyo chempionatida yarim finalgacha etib kelib yakunda mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U 20 yosh toifasidagi har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga vakillarimiz yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishgan, Yangi Zelandiya bilan Farg'ona va Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari, Ispaniya va Portugaliya bilan xorijda yig'inlar tashkil qilib berilgandi. Tarkibdagi futbolchilarning hali ko'pi 20ga ham to'lmagan bo'lsada allaqachon katta futbol havosidan nafas olib o'z jamoalarida etakchilardan biri sanalardi. Ular qatoriga Akrom Komilov, Javohir Sohibov, Doston Hamdamov, Zabixillo O'rinboev, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurovlarni kiritishimiz mumkin. Bu esa ularga katta o'yinlarda bosimsiz erkin harakat qilish imkoniyatini berardi. Boz ustiga mazkur yoshdagi futbolchilarning qariyb yarimi 2012 yilgi Erondagi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchilari bo'lganligi sabab o'zaro tushunish bo'yicha ortiqcha muammo yo'q edi.


Qura bizga jiddiy va nomdor raqiblarni taqdim qildi,Germaniya, Gonduras, Fiji. To'g'ri bularning ichida Fiji ancha zaifdek ko'ringandi. Biroq, Okeaniya mintaqasi vakili guruhda birinchi turda bizni 4:3 hisobida yutgan Gondurasni ikkinchi turda yirik 3:0 natijasi bilan taslim qilganiga nima deysiz? Darhaqiqat, turnirning ilk o'yinida vakillarimiz gonduraslik tengqurlariga imkoniyatni boy berib guruhdagi vaziyatni og'irlashtirib qo'yishgandi. O'shanda himoyachilarimiz juda tartibsiz harakatlari oqibatida darvozabon Sarvar Karimov to'rtta to'p olib chiqqandi. Ikkinchi turda esa bizni Germaniya kutardi. Tabiiyki oldindan Kutilganidek nemislar bizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 ko'rinishidagi natija bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. O'shanda bizga ikkitga gol urgan SHtendera bugungi kunda “Gannover 96” jamoasining asosiy futbolchisi hisoblanadi. Bu paytga kelib guruhda juda tushunarsiz va chigal vaziyat yuzaga kelgandi. Gonduras, O'zbekiston, hattoki, Fijida ham keyingi bosqichga chiqishga umid qolgandi. Hamyurtlarimiz buning uchun Fijiga ko'proq gol urishlari va g'alaba qozonishlari talab etilardi. Germaniya esa Gondurasga ko'proq to'p kiritib 9 ochko jamg'arishlari lozim edi. SHundagina to'plar nisbatiga ko'ra biz pley-off chiptasini qo'lga kiritardik. Yakunda esa omad bizning yigitlarga kulib boqdi va -1 to'plar nisbati bilan nimchorak finalga yo'l oldi. Gondurasda -6, Fijida esa -7 edi.



Guruh bosqichi.
1-tur.
O'zbekiston – Gonduras – 3:4
Gollar:
Doston Hamdamov 31, Eldor SHomurodov 79, Zabixillo O'rinboev 90+6

2-tur
Germaniya – O'zbekiston – 3:0
Gollar
: Mark SHtendera 33, 85, Kevi Akpoguma 59

3-tur
O'zbekiston – Fiji – 3:0
Gollar:
Eldor SHomurodov 62, Zabixillo O'rinboev 63, Mirjamol Qosimov 90+3



CHorak final yo'llanmasi uchun kechgan jangda yoshlar terma jamoamiz Evropa vakili bo'lmish Avstriyani 2:0 ko'rinishida mag'lubitga uchratdi. Guruhdan 3 ochko bilan chiqqan futbolchilarimizda o'zlariga bo'lgan ishonch ancha ortganligini sezish mumkin edi. Doston Hamdamovning ikki goli bizga keyingi bosqich eshiklarini ochdi. Mirjamol Qosimov ushbu bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib ikki golda ham o'zini hissasini qo'shgandi.

Nimchorak final.
O'zbekiston – Avstriya – 2:0
Gollar:
Doston Hamdamov 47, 57.



Biroq, yarim himoyachimizning Senegal bilan o'yinni sariq kartochkalari soni 2ta etgani bois o'tkazib yuborishi biz uchun katta yo'qotish bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning maydondagi o'rni shu kuni yaqqol bilindi. Jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan senegalliklarga qarshi deyarli 80 daqiqa tartibli o'ynagan vakillarimiz uchrashuv oxirlariga kelib koncentraciyani yo'qotishdi. Qanotdan tezkorlik markazga uzatib berilgan to'pga etib kelgan Mamadi Tiam himoyachimiz Ibrohim Abdullaevdan o'tib to'p kiritadi.O'yin tugashiga 10 daqiqa qolgan, jamoada gol urishga kuch ham qolmagandi. Murabbiy Ravshan Haydarovning rejasi bo'yicha futbolchilarimiz ekstra-taymgacha borishlari va himoyani mustahkam qilgan holda qarshi hujumga o'tishlari kerak edi. SHuning uchun mutaxassis o'yinchilarni almashtirishga shoshilmayotgandi. SHunga qaramay ikkinchi bor kuchli sakkizlikga kirgan termamiz turnirdan so'ng OFK rahbarlarining etirofiga va rahmatiga sazovor bo'ldi. CHunki, chorak finalda osiyo qitasi nomidan faqat O'zbekiston qatnashayotgandi. SHimoliy Koreya, Myanma, Qatar terma jamoalari guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashib bo'lgandi. Yil so'ngida birvarakayiga uchta futbolchimiz Osiyoning “eng yaxshi futbolchisi” nomzodiga loyiq ko'rildi. Sovrin esa Doston Hamdamovga nasib qildi.

CHorak final.
O'zbekiston – Senegal – 0:1
Gol
: Mamadi Tiam 80.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика