Moyes bilan solishtirish van Galning jahlini chiqardi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2015, 10:17
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, matbuot-anjumanida jurnalistlar uni klub sobiq murabbiyi Devid Moyes bilan solishtirishi mutaxassisni jahlini chiqardi.

O'tgan mavsumda Devid Moyes jamoasi xuddi hozirgidek 37 ochko yiqqan edi.

"Sizlar rostdan ham yarim mavsum meni Moyes bilan solishtirishni kutdingizmi? Men MYUni yaxshilay olmadim?

Doimo yaxshiroq o'ynab, o'sishda davom etish kerakligini doimo takidlayman. Mashg'ulotlarda, jamoaning yig'inlarida, futbolchilar bilan shaxsiy uchrashuvlarda shug'ullanishni davom ettiryapmiz.

"Sautgempton" bilan o'yinda ustunlik bizda edi, ammo uchrashuvda yetakchi bo'lsangiz ko'proq imkoniyat yaratish kerak" - deydi van Gal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com