So’nggi yangiliklar

23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  2 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  8 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  98 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  11 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  46 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  8 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  5

Mo'ydin Mamazulumov: "Navbahor"da qolishim aniq emas" Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: "Navbahor"da qolishim aniq emas"

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan Qizilqum va Navbahor uchrashuvi ham qiziqarli hamda gollarga boy tarzda o'tdi.
Mazkur uchrashuvda navoiyliklar g'alaba qozongan bo'lishiga qaramay, Navbahor raqibimiz munosib qarshilik ko'rsata oldi. Hattoki, namanganliklar hisobda oldinda borayotgan bo'lishlariga qaramay, yakunda alamli mag'lubiyat tan olishga majbur bo'lishdi. Ushbu o'yinda mehmonlar jamoasi safida to'p surgan Mo'ydin Mamazulumov dubl qayd etishni uddasidan chiqdi. O'yindan so'ng Mamazulumov bilan suhbatlashdik. Qizig'i shundaki, futbolchi joriy mavsumda namanganliklar safida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va shu sababli klubni tark etishi kutilmoqda.

- Mo'ydin aka, Qizilqum bilan bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozonayotganlaringa qaramay, yakunda mag'lubiyatga uchradingizlar. Bunga nima sabab bo'ldi? Uchrashuvdan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Bilasizmi,  biz Navoiyga g'alaba qozonish uchun borgandik. O'yinni qiyin bo'lishini avvaldan bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Biroq, hisobda ikki marotaba oldinga borganimizga qaramay, g'alaba qozona olmadik. Bunga raqib jamoasi ham qaysidir manoda imkoniyat bergani yo'q. Aslida o'yin jihatidan biz maydonda yomon harakat qilmadik. Raqibimizga etarlicha qarshilik namoyish etib, ustunlikni o'z tomonimizda ushlab qolishga urindik. Ammo, o'z darvozamizdan ikkinchi marotaba gol qo'yib yuborganimizdan so'ng, tashabbusni biroz yo'qotgandek bo'ldik. Bu jihat yakunda mag'lubiyatga uchrashimizga sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- CHindan ham 2:1 hisobida yuta turib, ikkita gol o'tkazib yubordingizlar...

- Xuddi shunday. Birinchi bo'lim oxirlarida olis masofadan tepilgan to'p golga aylandi. Birinchi taym 2:2 hisobi bilan tugadi. Ikkinchi bo'limda ham chiroyli o'ynayotgandik. Raqib ham yaxshi o'ynaganligini ko'rsatib o'tishim mumkin. SHu darvozamizga belgilangan penaltidan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. Keyinchalik muvozanatni yana tiklash uchun qilgan harakatlarimiz besamar ketdi. Bir so'z bilan aytganda, mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik.

- Uchrashuvning boshida Aleksandr Melenchukning jarohat olib safdan chiqqanligi va uning o'rniga maydonga tushgan Xurshid Xo'jaevning bahsga kirishib keta olmaganligi ham mag'lubiyatga sabab bo'lgandir?
- Yo'q, men bunday fikrda emasman. To'g'ri, Melenchuk tajribali va kerakli darvozabon hisoblanadi. Uning tez jarohat olganligi yaxshi bo'lmadi. Biroq uning o'rniga maydonga chiqqan Xurshid Xo'jaev to'g'risida yomon fikrlarni aytmoqchimasman. Xo'jaev ham bahsga tez kirishib keta oldi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi va uchinchi gollarda uning aybi yo'q. Bu vaziyatlarda birgina aybni posbonimizga ag'darishimiz yaxshi emas. U qo'lidan kelgancha harakat qildi va jamoamizni gollardan qutqarib qolish istagida bo'ldi. Biroq ikkinchi gol olisdan urildi. Bu vaziyatda to'p darvozaning burchagiga borib tushdi. Har qanday posbonga qiyinchilik keltirib chiqarardi.

- Siz mazkur o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdingiz va ikki marotaba gol urdingiz. Ushbu o'yinda ilk daqiqalardan safga qo'shilishingizni kutganmidingiz?

- Albatta, asosiy tarkibda maydonga chiqishimni umid qilgandim. Bilasizmi, futbolchi har doim asosiy safda o'ynashni istaydi. Xususan men ham ilk daqiqalardan o'ynashimga umid qilib turgandim. To'g'ri, kimni qachon safga qo'shishni birinchi navbatda bosh murabbiy hal qiladi. SHundan paytda futbolchi hammasiga tayyor turishi kerak bo'ladi.

- Joriy mavsumni boshida Navbahor jamoasi safiga kelib qo'shildingiz. Biroq qizilqum bilan o'yinga qadar dubl erishmagandingiz. Bu o'yin namanganliklar tarkibidagi eng yorqin o'yiningiz bo'ldimi?
- Nima uchun yorqin bo'ladi? To'g'ri, ikkita gol urdim. Biroq yorqin o'yin deyishga asos yo'q. Mavsum boshida namanganliklarga kelib qo'shilgan bo'lsam, ko'pincha zaxirada qolib ketdim. Ammo, ayrim o'yinlarda o'zimni ko'rsata oldim. Men uchun qiziqarli o'yinlar bo'lib turdi. Masalan, Nasaf bilan o'yinda jamoamga foyda keltira oldim. Boz ustiga Andijonga qarshi o'yinda ham jamoamga qo'limdan kelgancha harakat qilib yordam bergandim. Umuman olganda, gol urgan o'yinlarim men uchun yorqin o'yin bo'lib qolmaydi. Futbolchi gol urmasa ham, chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarni quvontira olsa, shu yorqin o'yin sifatida qoladi.

- Davralar oralig'i paytida jamoani tark etishingiz mumkin ekanligi haqida mish-mishlar paydo bo'lmoqda. Bunga o'zingizni fikringizni bildirsangiz?
- To'g'risi, bunga ayni pallada aytarli javob bera olmayman. CHunki hammasini vaqt ko'rsatadi. Mavsum boshida bir qator klublardan takliflar tushgandi. Biroq men Baxtiyor aka Ashurmatovning birgina taklifi bilan kelib qo'shildim. Negaki, Ashurmatov bilan ilgari birga ishlaganman va uning qanday mutaxassisligini bilaman. SHu tufayli Navbahordan kelib tushgan taklifni qabul qilishga qaror qilgandim. Agar birinchi davra poyoniga etganidan so'ng Ashurmatov men bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo'lsa, qolishim ham mumkin. Bo'lmasam, ketishim ham mumkin. Hozirdan aniq bir fikrlarni ayta olmayman. Avvalo, oldinda turgan ikki tur uchrashuvlari tugasinchi, qolgani bir gap bo'lar.

- Baxtiyor Ashurmatov jamoadan ketib, o'rniga boshqa mutaxassis ish boshlaydigan bo'lsa, nima qilasiz?
- Boya aytib o'tganimdek, Ashurmatov bilan birga ishlaganman va u insonni yaxshi bilaman. Aynan shu sabab men Navbahorni tanlaganman. Agar bosh murabbiy almashadigan bo'lsa, ketishim ham mumkin. Negaki, uning o'rniga keladigan boshqa murabbiy bilan ilgari ishlaganmanmi yoki o'zaro chiqishib keta olamanmi yoki yo'qmi buni oldindan bir nima deya olmayman. Vaziyat turlicha bo'lishi mumkinligini inobatga olishimiz lozim.

- Mavsumning birinchi qismidan keyin sizga yaxshi takliflar chiqsachi?

- Albatta, bu takliflarni bosh murabbiy bilan o'zaro kelishgan holda o'ylab ko'rishim mumkin. SHuni takidlashim kerakki, yaxshi taklif chiqsa, buni hamma o'ylab ko'radi. Xususan menga ham shunday bo'lsa, o'ylab ko'rarman. Biroq Baxtiyor aka Ashurmatov jamoada qolib, men bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo'lsa, qolaman. Mavsum yakuniga qadar namanganliklar tarkibida qolishga tayyorman.

- Ilgari, Olmaliq, Mashal klublarida o'ynagansiz. Namanganliklar muxlislar bilan avvalgi o'ynagan klublaringizdagi ishqibozlarni solishtira olasizmi?
- Namanganlik ishqibozlarni jonkuyarligini ko'rib, hayratim oshdi. Negaki, ular klubini juda yaxshi ko'rishadi va tinimsiz qo'llab turishadi. SHu tarafi, Olmaliq jamoasi muxlislarini eslatib yubordi. Boisi, ular ham maydonga tushgan yoki tushmagan paytingizda sizni tinimsiz ravishda qo'llaydilar. Navbahor muxlislarida ham mana shunday xislatlari menga manzur bo'ldi.

“Asr futboli”gazetasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика