Mo'ydin Mamazulumov: “Mashal” bu yil 5-o'rinni egallashga urinadi”
04 dek 2013 15:30
Yangiliklar
Mo'ydin Mamazulumov: “Mashal” bu yil 5-o'rinni egallashga urinadi”
Hozirdanoq oliy liga klublari yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Birinchi ligadan oliy ligaga qaytgan “Mashal” klubi tarkibini mahoratli o'yinchilar bilan to'ldirib o'z oldiga jiddiy vazifalar qo'yishni rejalashtirmoqda. SHuning uchun bir qator futbolchilar bilan muzokara ishlari olib borilyapti. Yangi mavsum uchun jamoaning dastlabki kelishuvi Mo'ydin Mamazulumov bo'ldi. Iqtidorli hujumchi “Guliston”da faoliyatini yakunlaganidan xabardor bo'lsangiz kerak. Garchi klub oliy ligani tark etgan bo'lsada, Mamazulumov o'zidan iliq taassurot qoldirdi. U ikkinchi davrada kelib 13ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 10 marta ishg'ol qildi. Bu haqiqiy hujumchilarga xos ko'rsatgich bo'ldi. Yana bir bor to'purarlik qobilyatini ko'rsata olgani uchun uni ko'plab jamoalar o'z saflarida ko'rishni istashgandi. Ammo “Mashal” boshqalardan ko'ra ildamroq harakat qilib Mo'ydinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Muborakliklar bilan shartnoma imzolagach “Futbol Ekspress” uchun dastlabki intervyuni berdi.
- Kuni-kecha “Mashal” klubi bilan rasman shartnoma imzoladingiz. Nima uchun bunday qarorga keldingiz?
- To'g'ri, Mashal” bilan shartnoma imzoladim. Klub boshlig'i Ilhom Qurbonov bilan Toshkentda ko'rishib gaplashganimizdan keyin bir-birimizni yaxshi tushundik va kelishuvga erishdik. Oldindan bilardimki, “Mashal”da ish uslubi o'zgacha faoliyat yuritadi. Professionallarga xos tarzda mehnat qilishlari menga juda yoqadi. Bunday jamoada faoliyatimni davom ettirish men uchun to'g'ri qaror bo'ldi. Hozircha bir yilga mo'ljallangan shartnoma tuzdik.
- Aytingchi, klub vakillari siz bilan dastlab qachon aloqaga chiqishdi?
- CHempionat tugaganidan keyin ular menga qo'ng'iroq qilishgandi. Menga jiddiy tarzda qiziqishayotganini bilgach yuzma-yuz ko'rishib muzokara olib bordik.
- “Guliston”da to'purarlik salohiyatingizni namoyish etganingizdan so'ng sizga bir nechta jamoalar qiziqib qolgandi. Nima sababdan aynan “Mashal”?
- Rostdan ham ayrim jamoalar taklif bilan chiqishdi. Nima uchun “Mashal”ni tanladim? Hozir aytganimdek, ularda hamma narsa professional darajada yo'lga qo'yilgan. Ularning ish dasturi “Nasaf”nikiga o'xshab ketadi. Mana shunday yuqori intilishni ko'zlayotgan klubda o'zimni sinab ko'rish istagi tug'ildi. Bu yil “Mashal”ning ayrim uchrashuvlarini kuzatdim. Masalan, Kubok bosqichida “Navbahor”ga qarshi o'yinini ko'rdim. Ular o'shanda keyingi bosqichga chiqishgandi. Xattoki, o'rtoqlik uchrashuvida muborakliklarga qarshi o'ynaganman.
- Bu yil birinchi ligada ishtirok etganini hisobga olsak, baribir oliy liga debyutanti sanaladi. Taklifni qabul qilayotganingizda bu ikkilanishingizga sabab bo'lmadimi?
- Ikkilanish holati oldindan bo'lmagan va bundan keyin ham bo'lmaydi. “Mashal”ni qanday jamoa ekanligini va qanday shakllanganini bilaman. U erda to'p surgan futbolchilardan ham xabarim bor. “Mashal” “Guliston”ga o'xshagan jamoa emas. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar bor. Futbol akademiyasi, maktablari faol tarzda ish olib boradi.
- Yakuniga etgan yil siz uchun kutilganidek bo'lmadi. SHu bois faoliyatingizdagi eng yoqimsiz mavsum bo'ldimi?
- 2013 yil men uchun ikki xil darajada o'tdi. Xabaringiz bor, mavsumni “Olmaliq”da boshlagandim. Qishda ushbu jamoaning yig'inlarida qatnashib har taraflama o'zimni ko'rsatgandim. Lekin chempionat boshlanganida o'zim kutgan o'yinni topa olmadim. SHu bois birinchi davradan keyin u erdan ketishga majbur bo'ldim. Biroq “Olmaliq” men uchun shirin xotiralarni eslatadi. Ikkinchi davrada “Guliston”ga qo'shilgach o'z o'yinimni ko'rsatganim uchun 10ta gol urishga erishdim. Bu jamoaga o'tganimdan afsuslanmadim. Baxtiyor Ashurmatov bilan yaqindan tanishib qalin munosabatda bo'ldim. U qo'lidan kelganicha yordam berdi. Menga ishonch bildirib asosiy tarkibdan joy ajratdi. Buning uchun Ashurmatovdan minnatdorman.
- Lekin “Guliston” oliy ligani tark etdi...
- “Guliston”dagi sharoitlar talab darajasida yaratilmagandi. Klub qarorgohi oliy liga saviyasiga to'g'ri kelmasdi. Mablag' tomondan katta qiyinchiliklar bo'ldi. To'g'ri, klub rahbarlari vaziyatni o'zgartirishga harakat qilishdi. SHunga yarasha futbolchilar ham imkoniyatlarini ishga soldilar. Lekin futbolda barcha narsa bo'ladi, shu bois klub oliy ligani tark etdi. Futbolchi esa baribir faoliyatini davom ettirishi kerak. Keyingi mavsumdan umidlarim katta va o'z oldimga aniq maqsadlar qo'yyapman.
- O'rtamiyona sanalgan “Guliston”da ikkinchi davrada 10ta gol urdingiz. Bunga qanday erishdingiz?
- “Guliston”ga alam ustida, achchiq ustida bordim. Buning sababi shuki, birinchi davradan keyin meni “Neftchi”ga chaqirishdi. Komil Mirzaboev “Olmaliq”dan qog'ozingni olib kel, bizda o'ynaysan” deb meni ishontirdi. “Neftchi”ga borganimdan so'ng o'yinchilar ko'payib ketdi, men haqimda turli gap so'zlar chiqarishdi. Xullas ko'nglimni sovutishgach u erdan ketishga majbur bo'ldim. SHundan keyin qaerga borsam ham o'z oldimga 10tadan kam gol urmayman deb maqsad qo'ydim. Natijada alamzada kayfiyat bilan “Guliston”ga bordim. Buning ustiga Baxtiyor Ashurmatov menga imkoniyat yaratib berdi. U menga “hujumchi o'z imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishi kerak” deb tinmasdan uqtirdi. Deyarli barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda o'tkazdim. Faqat “Buxoro” bilan uchrashuvda betob edim, shunga zahiradan o'yinga qo'shildim. Murabbiyning ishonchini menga bergan imkoniyatidan foydalanib oqlashga harakat qildim.
- “Guliston”da gol urish osonmidi?
- Ha, biroz osonroq bo'ldi. U erda hujumchilardan men, Alisher SHog'ulomov va yosh hujumchi bor edi. Jamoadoshlarimga o'rnak bo'lish uchun ham ishonchni oqlashga astoydil kirishgandim.
- “Mashal” yangi mavsumda qanday maqsad uchun kurashadi?
- Ilhom Qurbonov bilan gaplashganimda jamoa 5-o'rinni egallash uchun jiddiy kurashishini alohida takidladi. SHunga yarasha tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqdalar. Inson har doim yaxshi niyat qilib yurishi kerak. O'shanda o'z maqsadiga erishadi.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar