Mojaroli final boshqatdan o'ynaladi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2019, 23:57
Afrika chempionlar ligasining bu yilgi finali mojarolarga boy bo'ldi.

"Esperans" va "Vidad" jamoalari ushbu finalni oxirigacha etkazib qo'ya olishmadi. Uchrashuv arbitri "Vidad"ning toza golini hisobga olgandi. Biroq keyinchalik VARning yaxshi ishlamasligi sabab bu bekor qilindi. Bunga javoban "Vidad" futbolchilari o'yinni davom ettirishdan bosh tortishdi. Natijada raqiblar sovringa ega chiqishdi.

Afrika futbol konfederatsiyasi yig'ilishda ushbu bahs boshqatdan tashkillashtirilishini maqullashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca