Modrich: "Rossiya termasi bizni ajablantirdi"
08 iyu 2018 10:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/442603_original.jpg)
![](/upload/storage/442603_220.jpg)
Modrich: "Rossiya termasi bizni ajablantirdi"
Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2018ning chorak finali doirasida Rossiyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Rossiya termasi himoyaviy o'yin ko'rsatadi deb o'ylagandik, biroq unday bo'lmaganidan ajablandik. Rossiya juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, ayniqsa birinchi bo'limdi. Ular bizni xayron qoldirishdi. Biz esa yaxshi o'yinimizni namoyish qila olmadik. Uzun paslar orqali barchasini xavf ostida qoldirishni istamadik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni biroz o'z tarafimizga og'dira olgandik, biroq qo'shimcha bo'limlarda ham birinchi taymdagidek bo'lib qoldik. Barchasini o'yinning o'zida hal qilib, penaltilar seriyasigacha borish kerak emasdi. G'alaba bilan barchani tabriklayman", - dedi Modrich.
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar