So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  4 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  11 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  20 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Modrich nima uchun "Oltin to'p"ga munosib? Yangiliklar

Modrich nima uchun "Oltin to'p"ga munosib?

2018 yil yakunlanay deb turibdi.

Bugun tarixda qolayotgan yilning eng yaxshi futbolchisi malum qilinadi. "France Football" tomonidan tashkillashtiriladigan tadbirning oldingilaridan katta farqi bo'ladi. Nafaqat tashkilotchilikda, balki o'tkazilish mundarijasi ham anchagina o'zgacha bo'ladi. Ammo asosiy etibor shundayki, so'nggi 10 yillik qahramonlari Ronaldu-Messi davri tugash arafasida.

***

Ammo birinchi navbatda sovrin topshirishning yangicha formati haqida. Bunga qadar dunyoning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uslubi bir necha bora o'zgardi. "France Football" ushbu sovrinni 1956 yildan buyon topshirmoqda. Va uzoq muddat bunga faqatgina evropaliklar davogar bo'lishdi. 1995 yildan keyin esa evropaliklarning yoniga o'zga qita vakillari ham qo'shilishdi. 2010-2015 yillar davomida "France Football" "Oltin to'p"ni FIFA bilan hamkorlikda egalarini aniqlashdi. 2016 yilda esa tomonlar o'z yo'llaridan yurishdi. CHunki o'shanda "Oltin to'p" uchun ovoz berish procedurasi o'zgargandi. Bunga qadar sovrin egasini aniqlash uchun futbol ahli vakillari - muxlislar, termalar bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berishardi. Hozir esa faqatgina sport jurnalistlarining ovozlari inobatga olinmoqda. Aniqrog'i, "France Football" oldingi negizga qaytishga qaror qildi. Yani, bungacha termalar vakillari o'zlarining istagan nomzodini yozib yuborishgan bo'lsa, endilikda kuchli 30likdagi futbolchilarga ovoz berish majburiy bo'ldi.

"Oltin to'p"-2018 marosimidagi yangiliklar borasida yana ikki og'iz. "France Football" ilk marta dunyoning eng yaxshi ayol futbolchisiga ham "Oltin to'p" beradi. SHuningdek, eng yaxshi yosh futbolchiga "Trofey Kopa" sovrini topshirilishi ham tasdiqlandi. "Real" va Franciya termasining sobiq futbolchisi nomi bilan atalgan ushbu sovrinni kim oladi? Albatta, o'z yoshidagi "qirol"! Kilian Mbappe.

Kim "Oltin to'p"ni (umuman olganda sovrin butunlay oltindan emas, jezdan ishlangan. Ustiga tilla suvi yuritilgan. Huddi shunday yasalgan 31 santimetrlik o'yinchoq bozorda 31 evroga sotiladi) kim olishi borasidagi savol esa og'riqli. Ilk marta unga o'z davrining "qirol" futbolchisi ega chiqmasligi mumkin.

***

"Millionlar" o'yinining eng yaxshi futbolchilari o'ttiztalik ro'yxatda munosib o'rnini topgan. Ularning orasida Messi va Ronaldu borligi tushunarli. Ichki insayd malumotlarga ishongan holda jurnalistlar "Oltin to'p"ning bo'lajak egasi ushbu duet emasligini aytmoqda. G'oliblik uchun asosiy davogar - Luka Modrich. Aytilishcha, uning sovringa ega chiqishi aniq bo'lib ulgurgan. U buning yo'lida sovrindor futbolchilar Ronaldu va Grizmanni ortda qoldiradi. Oldinroq portugaliyalik ham franciyalik ham ushbu marosimga bormasligi borasida malumotlar tarqagandi. Aytgancha, bugun marosimda yana bir yangilik bo'ladi: bunga qadar yakuniy kuchli uchlik elon qilingan bo'lsa, bu safar bunday bo'lmaydi. U erdagilar barchasini sir tutishni istashgandi. Biroq barchasi gullab qo'yilmoqda.

***

Nima uchun aynan Luka Modrich? Ha, buning barchasi oddiy. Keling barchasini qaytadan boshlaymiz. 2018 yilda futbol olamidagi muhim musobaqa bo'lab o'tdi. Aynan ushbu turnirga qarab sovrinning egasi aniqlanishi kelishib olindi.

NIMA UCHUN MODRICH "OLTIN TO'P"GA LOYIQ?

Mundialda Ronaldu, Messi yoki Neymar qaergacha bordi? Dastlabki ikki nom pley-offning ilq bosqichidayoq uyga ravona bo'ldi. Uchinchisi esa chorak finalda to'xtadi. Ularning barchalariga hurmat saqlagan holda aytamizki, uchala futbolchi ham Rossiya maydonlarida o'z izini qoldirmadi. Ha, Ronaldu ECHLda to'purar bo'lgan holda turnir g'olibiga aylandi. Messi esa Ispaniyada chempion bo'ldi va chempionatda eng ko'p golni urdi. Biroq bu doimgi natijalar. Ayniqsa portugaliyalikda. "Oltin to'p" esa bir yil davomidaga natijalarga qarab beriladi. Unda nima uchun sovrin Franciya termasidagi futbolchilarga berilmaydi?

Bunga javob tepada. "Le Ble" ham turnirning asosiy favoritlaridan biri edi. Bu termaning asosiy kuchi individuallikda. Biroq bu jamoada barchadan zo'r bo'lgan, faolligi bilan ajralib turgan, hammadan ko'proq gol urgan biror bir futbolchini ajratib bo'lmaydi. Pogba-Kante, Varan-Umtiti, Grizmann-Mbappe. Ularning barchasi bir darajada. Germaniyaning g'olibligi bilan yakunlangan JCH-2014ni eslang. Unda bo'lgan Bundestim azolarini bir-biridan zo'r deb bo'lmasdi. Yakunda Manuel Noyer "Oltin to'p" uchun nomzodlar qatorida bo'ldi. Biroq u bu sovringa ega chiqmasdi. Albatta, hujumchi kabi gol urmaydigan darvozabon ushbu individual sovrinni qo'lga kiritishi juda qiyinligini o'zingiz bilasiz.

Franciya termasidagi barcha futbolchilarning saviyasi bir xil, bu fikrimizni yanada tiniqlashtirish uchun aytilgan gap. Ammo hozirda ularda Zidan uslubidagi futbolchilar yo'q. Grizmann o'z harakatlari bilan "Oltin to'p"ga loyiq ekanligini isbotladi. Ammo bu hayratlanarli emas. Boshqa nomzodlar bilan solishtiradigan bo'lsak, Grizmann "Oltin to'p" uchun munosib emas. Franciya usiz ham jahon chempioniga aylanardi.

***

Modrich esa noyob futbolchi. U yuqoridagilar toifasidan emas. U yagona. U Xorvatiya termasidagi Zidan. Usiz Xorvatiya mundialda yaxshi natija qayd eta olmasdi. U Xorvatiya va "Real"ning muhim futbolchisi.

Jahon chempionatidagi ajoyib o'yinlaridan keyin dunyoning etibori biroz o'zgardi va ECHL turnirini chetga chiqarib qo'ydi. Muxlislar Lukaning har bir o'yinidan zavq olishadi. Hozircha Modrich "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganicha yo'q. Ammo barcha Modrichga ovoz berayotgani aniq. Buning hech qanday yomon joyi yo'q.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика