Modrich Mbappe haqida: "U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri"
23 mar 19:55
Yangiliklar
Modrich Mbappe haqida: "U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri"
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"U dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. Bunaqasini kam ko'rganman. Menga eng ko'p tasir qiladigan narsa uning shaxsiyati. U aqlbovar qilmaydigan odam, juda kamtar va har doim kulishga tayyor. Kimdir bu mavsum uning uchun eng yaxshisi emas deb aytishi mumkin, garchi Kilian allaqachon 30 ta gol urgan bo'lsa ham", - dedi Modrich.
Modrichning qo'shimcha qilishicha, agar Mbappe shu ruhda davom etib, "Real"ga sovrinlar yutishda yordam bersa, "Oltin to'p" uchun asosiy davogarlardan biriga aylanadi. Bir emas, bir necha marta.
2018 yilda Modrich "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar