Modrich: "Juda xursandman"
04 dek 2018 02:27
Yangiliklar
"Juda ham hayajondaman. Hissiyotlarga berilib ketyapman. Bu sovringa ega chiqishimda jamoadoshlarimning o'rni beqiyos. Barchaga rahmat aytaman. SHeriklarimga, murabbiylarimga, umuman olganda hayotimdagi barcha insonga. Hatto rafiqam, farzandlarimning ham ushbu sovrinning qo'lga kiritilishida yuqori o'rni bor. O'tgan faoliyatimning mevasini mana endi tatib ko'ryapman.
Juda og'ir faoliyatim bor. Mashhur, afsonaviy futbolchilar bilan bir qatorga tushganimdan hursand bo'lyapman. Bolaligimda top-klubda o'ynashni orzu qilardim va buning uchun qattiq harakat qildim. "Oltin to'p"ni olish borasida o'ylab ham ko'rmagandim. Odam intilsa, harakat qilsa barcha maqsadiga etar ekan. Agarda chin dildan istab, peshona terni to'kib mashg'ulot olib borsa, niyatlar oshig'i bilan ushaladi", - dedi Modrich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar