So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Modji O'zbekiston futboliga qiziqqan Yangiliklar

Modji O'zbekiston futboliga qiziqqan

Yuve 90 yillarning ikkinchi yarmida Inter, Milan, Parma, Laciodan ko'ra transferlarga kamroq pul sarflagan bo'lsa ham, mamlakat futbolini boshqarishda davom etdi. Klub transferlar bozorini nazorat ham qilardi", - Modji.

2018 yil Italiya elchixonasidan qo'ng'iroq bo'ldi. Sizlar, Italiyaga ko'p boryapsizlar futbol tufayli, bizning hamyurtimiz futbol mavzusida uchrashmoqchi.

Italiya taomlarini original tarzda tayyorlaydigan "Stuzzico" restoranida, italyan tilini suv qilib ichib yuborgan, bizga ko'p yordam beradigan restoran egasi Aziz aka orqali u kishi bilan ancha gaplashdik.

Mendan, Modji O'zbekistonda ko'p bo'lasan, ularning futboli haqida qiziqib ko'rgin, balki bu erlarga o'yinchi olib kelarmiz deb aytdi. Asli soham boshqa, ammo bu katta biznes.

- Biz bolalar futboli orqali futbolga kirib kelyapmiz, eng yoshi katta futbolchilarimiz 2006 yilda tug'ilgan (2018 yilda ular 12 yosh edilar). Agar Sizlarga qiziq bo'lsa, biz xursandchilik bilan hamkorlik qilar edik. Mening gaplarimga suhbatdoshim afsuski rad javobini berdi.

- Bolalar futboli yaxshi, ammo bizga ko'proq tayyor o'yinchilar kerak. Bolalar o'zimizda ham etarlicha. 18-19 yoshdagi istedodlar bizga qiziq.

O'sha yillari oliy ligamizda bu yoshda hech qanday ko'rsata oladigan o'yinchimiz yo'q edi. Aslida bu yoshda istedodlarimiz to'lib yotibdi, ammo murabbiylar ularga imkoniyat bermaydi. Evropani O'zbekistondan talab qilayotgan o'yinchilarining yoshi bugun 18-19 bo'lib, ular o'zlarining nazoratlari ostida Evropada ancha saviyasi pastroq bo'lgan chempionatlarga tashlash orqali sayqallab oladilar. SHuning uchun bizning futbolda 24-25 ga kirib bo'lgan, bizning ko'zimizga zo'r bo'lib ko'rinadigan o'yinchilarni Evropaning top chempionatlariga o'tishlarini orzu ham qilmang. Boisi, Evropa avval sinab olishi kerak. Bizning liga esa, ularning sinov talablariga javob bermaydi.

Modji masalasiga qaytaman. Mehmonimiz, «Yuventus»ni qanday chempion bo'lishini aytib berdi. Uning aytishicha, Italiyadagi eng zo'r futbolchilarni Modjining agentliklari nazorat qiladilar. «Yuventus» esa Modjiniki. Tabiiyki, nazoratda bo'lgan eng yaxshi o'yinchilar Turinga yo'l oladilar. Agar bir kun kelib Modji «Milan» yoki «Roma» bilan ishlay boshlasa, 1 mavsumning o'zidayoq ularni chempion qila olishiga shubha yo'q.

Biznikilar qanday qilib o'ynab ketishi mumkin istedodli bo'lsa, bundaylar dunyo bo'yicha to'lib yotibdi-ku? To'g'ri, buni Modjiga qo'yib berish kerak. Savolimga javob shunday bo'ldi. Nafaqat Italiya, balki dunyo futbolida tanish-bilish juda katta rol o'ynaydi. Deylik, bitta futbolchi «Yuventus» qaydnomasidan o'rin oladi, u keyinchalik «Yuventus»ning kelajagi bo'lmas, ammo murabbiy orqali u maydonga tushiriladi va butun dunyo Turinda maydonga tushgan o'yinchi haqida yozadi. Ertaga uni «Yuventus»ning saviyasidan keyin turuvchi klublar xarid qiladilar. Agar omadi chopib yaxshi o'ynab ketsa «Yuve»da qolaveradi yoki boshqa grand klubga sotiladi. Bu mexanizm ancha yillardan beri ishlab keladi.

Yana ancha gaplar bo'ldi, ularni yozib o'tirmadim. Bolalarim 18 yoshga kirib olsin, yaxshi bir klub bilan hamkorlik qilaylik, istedodi bor futbolchilarni 18-19 yoshida imkoniyat beraylik, keyin ularga Evropa eshiklarini ochsak bo'ladi.

@Nadirkhuja

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика