MLS. Nani Velaga qarshi yoxud 35-tur prevyusi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2019, 21:02
AQSH MLS ligasida navbatdagi turi bugun tunda bo'lib o'tadi.

O'z uyida harakat qiladigan "Nyu-York Siti" 50 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Bryus Arena boshqarayotgan "Nyu-Inglend" esa nyu-yorkliklardan 11 ochko kam jamg'argan holda 6-o'rinda. Yana shuni takidlab o'tish joizki, "Nyu-York Siti" hisobida bitta qoldirilgan o'yin bor.



O'rtamiyona va autsayder jangi


Turnir jadvalining eng quyi pog'onasini band etib turgan "Cincinnati" o'z maydonida oldingi turda o'zidan bir pog'ona tepada turgan "Nyu-Inglend" bilan durangga imzo chekkan "Toronto"ga qarshi bahs olib boradi.



Yulduzlarga ega bo'lgan jamoalar to'qnashuvi


G'arbiy zonada etakchilikni o'z qo'liga olgan "Los-Anjeles" sharqda so'nggi pog'onalarda borayotgan "Orlando Siti" bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin qiziqarli kechishi kutilmoqda. Chunki, vaqtida "Manchester Yunayted" safida porlagan portugaliyalik vinger Luish Nani ayni paytda, "Orlando Siti" sharafini himoya qilmoqda. "Los-Anjeles"ning esa joriy mavsumda fantastik samaradorlikni namoyish etayotgan Yevropada etarlicha tajriba orttirgan Karlos Veladek hujumchisi bor.



"Kolorado" va "Sietl Saundres" qarama-qarshiligi


Musobaqa jadvalida peshqadamlar qatorida dadil odimlayotgan "Sietl Saundres" ohirgi paytlarda omadi yurishmayotgan "Kolorado" mehmoni bo'ladi. Bu o'yinda, yetakchiga qiyin bo'lishi aniq. Sababi, mezbonlar darvozasini Angliya Premer-ligasi o'yinlarida toblangan kiper Tim Xovard qo'riqlaydi.



Turga yakun yasab beruvchi ajoyib to'qnashuv

Turnir jadvalida yonma-yon joylashgan klublar 3 ochko uchun kurashishadi. Hozirda, "Portlend Timbers" 40, "Sporting Kanzas-Siti" esa 37 ochkoga ega. Ushbu uchrashuvda muhlislarni haqiqiy jang kutmoqda. To'g'ri, mezbonlar zaxirasida bitta o'yin bor. Shunday bo'lsada, ikkala jamoa ham g'alaba yo'lida bor imkoniyatlarini ishga solishadi.



MLS to'purarlari: 

27
Karlos Vela (Los-Andjeles)

23

Xosef Martines (Atlanta)
Zlatan Ibragimovich (LA Gelaksi)

14

Diego Rossi (Los-Andjeles)
Eber (Nyu-York Siti)

13

Kasper Prjibilko (Filadelfiya)
Kris Vondolovski (San-Xose)


Xondamir Hakimov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia