So’nggi yangiliklar

18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  0 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  3 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  4 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  2 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  3 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  19 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  13 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  5 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  29 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  4

MLS. Nani va Ibradan gollar shodasi yoxud 37-tur natijalari Yangiliklar

MLS. Nani va Ibradan gollar shodasi yoxud 37-tur natijalari

Dushanba kuni, AQSH mahalliy ligasining navbatdagi turi o'z nihoyasiga etdi va unda bir qator shov-shuvli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Peshqadam yana g'olib

G'arb mintaqasida etakchilikni o'z qo'liga olgan "Nyu-York Siti" o'z uyida "San-Xose"ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi va 1-o'rinni mustahkamladi. San-Xoseliklar bo'lsa, bir pog'onaga pastlashdi. O'yinga keladigan bo'lsak, mehmonlarning ajoyib hujumini Vondolovski gol bilan yakunladi. Biroq, nyu-yorkliklar qandaydir 3 daqiqa ichida ikkita to'p kiritishdi. Bu erda, Parks va Mitricelar o'zlarini ko'rsatishdi.

CHikagoliklardan jimjimador g'alaba


O'z nomiga yarashmaydigan o'rinlarda yurgan "SHvayni"ning jamoasi kutilmaganda "Dallas"ni yirik hisobda engdi. Si Jey Sapong "dubl"ni rasmiylashtirib qo'ydi, Frankovski va Nikolichlar esa bittadan gol urishdi. Yakuniy hisob - 4:0.

Chicago Fire FC

Charles Sapong - 7', Przemyslaw Frankowski - 16', Charles Sapong - 29', Nemanja Nikolic - 39'

Major League Soccer . 1-tur

15/09/2019, 00:55

0
:
4
Tugadi

FC Dallas

Stadion: Toyota Park

45'
90'
7'  Charles Sapong
16'  Przemyslaw Frankowski
16'  Brandt Bronico
29'  Charles Sapong
29'  Nicolas Gaitan
39'  Nemanja Nikolic
39'  Przemyslaw Frankowski
66'  Bastian Schweinsteiger (Djordje Mihailovic)
73'  Charles Sapong (Aleksandar Katai)
80'  Francisco Calvo (Marcelo)
5'  Paxton Pomykal
46'  Jesus Ferreira (Brandon Servania)
66'  Dominique Badji (Harold Mosquera)
76'  Michael Barrios (Jacori Hayes)



Yana bir "sensaciya"


Musobaqa jadvaliga mutlaqo tasir ko'rsatmagan o'yinda kutilmagan natija qayd etildi. Kolambus "ekipajchilari" "Atlanta" maydoniga safar qilib, kumush medallarga davogarlik qilayotgan jamoani ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Avvaliga yana o'sha Xosef Martines gol urdi. Lekin keyinchalik, voqealar rivoji mezbonlar uchun ayanchli tus oldi. Zardes va Diaslarning kiritgan to'plari orqali "Kolambus Kryu" oldinga chiqdi. Bu etmaganidek, markaziy himoyachi Maylz Robinson avtogol muallifiga aylandi va Atlanta shahri jamoasi 2-o'ringa chiqib olish imkoniyatini chipakka chiqardi.

Etakchilar bahsida murosa


SHarq va g'arb mintaqalarida yuqori o'rinlarni egallab turgan jamoalar o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuvda tomonlar durangga rozi bo'lishdi. Prjibilkoning 3-daqiqada urgan goliga mehmonlardan Karlos Vela munosib javob qaytardi. Ushbu o'yindan so'ng, ikkala jamoa ham musobaqa jadvalidagi o'rinlarini saqlab qolishdi.

Raqobatchilar bellashuvida ham sulh tuzildi

"Orlando Siti" o'z maydonida yaqin taqibchisi "Nyu-Inglend"ni mehmon qildi. Dastlab, Akindele o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Ko'p o'tmay, mashhur Nani hisobni tenglashtirdi. Biroq, Penilya va Boularning gollari evaziga mehmonlar yana oldinga o'tib olishdi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan Duayer farqni qisqartirdi. Birozdan so'ng, yana o'sha Nani o'z so'zini aytdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Orlando City

Nani - 22', Dominic Dwyer - 47', Nani - 54'

Major League Soccer . 1-tur

15/09/2019, 04:40

3
:
3
Tugadi

New England Revolution

Tesho Akindele - 15', Cristian Penilla - 35', Gustavo Bou - 41'

Stadion: Exploria Stadium

45'
90'
21'  Kyle Smith
22'  Nani
22'  Mauricio Pereira
46'  Mauricio Pereira (Benji Michel)
47'  Dominic Dwyer
47'  Nani
54'  Nani
57'  Carlos Ascues (Jhegson Mendez)
60'  Robin Jansson
76'  Dominic Dwyer (Santiago Patino)
88'  Cristian Higuita
15'  Tesho Akindele
35'  Cristian Penilla
35'  Carles Gil
41'  Gustavo Bou
41'  Carles Gil
68'  Juan Caicedo (Michael Mancienne)
74'  Diego Fagundez (Scott Caldwell)
85'  Cristian Penilla (Teal Bunbury)
90'  Antonio Mlinar



Autsayderning uzoq kutilgan g'alabasi

Va nihoyat, anchadan beri so'nggi o'rinni hech kimga bermay kelayotgan "Cincinnati" naq 10 ta o'yinga cho'zilgan g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Hujum chizig'ida Boyan Krkichdek futbolchiga ega "Monreal" klubi go'yoki omadsizliklar girdobiga tushib qolgan. Jamoa qatorasiga uchinchi marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Quyidagilar o'rtasidagi uchrashuv


SHarqiy zonada so'nggi ikki pog'onani band etib turgan "Xyuston Dinamo" va "Vankuver" jamoalari o'zaro murosasiz bahs olib borishdi. O'yindagi barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. Oldiniga, mezbonlarning koreyalik legioneri In-Bom Xvang yuzaga kelgan penaltini aniq amalga oshirdi. Lekin bu hali hammasi emas edi. O'yin ohirida Manotas va Monterolar bittadan to'p kiritib, jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etishdi.

Runi jamoasida muvaffaqiyat


Ikkala mintaqada ham o'rtamiyonalar orasida yurgan jamoalar uchrashuvida "Di Si Yunayted"ning qo'li baland keldi. O'yinni natijasini hal qilib bergan hodisa 25-daqiqada ro'y berdi. Bu vaziyatda, "Portlend Timbers" mudofaa chizig'i vakili Tuiloma to'pni behosdan o'z jamoasi darvozasiga kiritib qo'ydi.

Portland Timbers

Major League Soccer . 1-tur

16/09/2019, 00:40

1
:
0
Tugadi

DC United

Bill Poni Tuiloma - 25'

Stadion: Providence Park

45'
90'
46'  Eryk Williamson
62'  Eryk Williamson (Tomas Conechny)
79'  Jorge Villafana (Andres Flores)
85'  Marvin Loria (Cristhian Paredes)
25'  Bill Poni Tuiloma
64'  Wayne Rooney
79'  Wayne Rooney (Quincy Amarikwa)
84'  Lucas Rodriguez (Luciano Acosta)




Gollarga boy o'tgan o'yin


G'arbda yuqori o'rinlarga davogar klublardan biri "Toronto" o'z uyida sharqiy mintaqa quyi pog'ona vakili "Kolorado"ni qabul qilib, qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Yaponiya futboli kelajagi Cubasa Endo hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Keyinchalik, Posueloning penaltidan va Rozenberri tomonidan kiritilgan to'plar deyarli g'alabani naqd qildi. O'yinning ikkinchi yarmida Nikolson hamda Osariolarning gollari orqali mehmonlarda umid uchqunlari paydo bo'lgandi. Ammo, koloradoliklarning bundan ortig'iga kuchlari etmadi.

Ajoyib qarama-qarshilik


Musobaqa jadvalida yonma-yon joylashgan ikki jamoa o'rtasidagi bahsda "Minnesota" g'alaba qozonib, raqibi "Real Solt-Leyk" bilan o'rin almashdi. SHu kuni, mezbonlarning tajribali kiperi Vito Mannone ishonchli harakat qildi. To'g'ri dastlab, aynan uning darvozasi Rusnak tomonidan ishg'ol qilindi. O'yinning qolgan qismida, Kintero "dubl" qayd etdi va Finley 83-daqiqada to'p kiritib yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:1.

Nyu-York "buqalari"ni er tishlatishdi


"Sietl Saunders" jamoasi o'z uyida "Nyu-York Red Bullz"ni mehmon qildi va 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHunday qilib, klub bu g'alabadan so'ng 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Nyu-Yorkliklarning esa turnir jadvalidagi holatlari o'zgarmay qoldi. Morrisdan chiroyli gol, Devisning avtogoli va Lodeyroning "dubl"i muvaffaqiyatni taminladi. Mehmonlardan Aaron Long va Gamarralar bittadan to'p kiritishdi.

Betakror Zlatandan "xet-trik"


"La Gelaksi" o'ziga kela boshladi. Bu turda ular "Sporting Kanzas-Siti"ni o'z muhlislari ko'z o'ngida yanchib tashlashdi. O'yinda hali hamon o'zining yuqori sport formasini namoyish etayotgan "qarimas" Ibragimovich uchta gol urdi. SHuningdek, Sebasten Lledjet "dubl" qayd etdi va Korona bilan Antuna bittadan to'p kiritishdi. Ushbu gollarga mehmonlardan Guterres ikkita goli bilan javob qaytardi. Hisob esa Kanzas shahri jamoasi uchun sharmandali ko'rinishga keltirildi - 7:2. "La Gelaksi" ushbu muvaffaqiyatdan keyin 5-o'ringacha ko'tarilgan bo'lsa, "Sporting Kanzas-Siti" mag'lubiyatga qaramay egallab turgan o'rnini saqlab qoldi.

LA Galaxy

Zlatan Ibrahimovic - 32', Joe Corona - 48', Zlatan Ibrahimovic - 51', Uriel Antuna - 69', Sebastian Lletget - 77', Sebastian Lletget - 79', Zlatan Ibrahimovic - 85'

Major League Soccer . 1-tur

16/09/2019, 07:20

2
:
7
Tugadi

Sporting Kansas City

Felipe Gutierrez - 24', Felipe Gutierrez - 86'

Stadion: Dignity Health Sports Park

45'
90'
14'  Rolf Feltscher
32'  Zlatan Ibrahimovic
48'  Joe Corona
48'  Cristian Pavon
51'  Zlatan Ibrahimovic
51'  Rolf Feltscher
69'  Uriel Antuna
77'  Sebastian Lletget
77'  David Romney
79'  Sebastian Lletget
79'  Uriel Antuna
80'  Uriel Antuna (Efrain Alvarez)
83'  Cristian Pavon (Chris Pontius)
85'  Zlatan Ibrahimovic
85'  Efrain Alvarez
87'  Jonathan dos Santos (Servando Carrasco)
89'  Joe Corona
24'  Felipe Gutierrez
24'  Gerso Fernandes
43'  Graham Smith
45'  Gerso Fernandes
66'  Roger Espinoza (Gianluca Busio)
74'  Erik Hurtado (Krisztian Nemeth)
75'  Gerso Fernandes (Daniel Salloi)
76'  Ilie Sanchez
86'  Felipe Gutierrez
86'  Gianluca Busio



Ushbu turning ramziy terma jamoasi 




Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика