So’nggi yangiliklar

09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  12 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  1 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  3 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  8 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  12

MLS. Musobaqada tanaffus yoxud AQSHdagi etti jahon yulduzi haqida Yangiliklar

MLS. Musobaqada tanaffus yoxud AQSHdagi etti jahon yulduzi haqida

MLS ligasida o'ynayotgan eng mashhur yulduzlar haqida malumotlar beramiz.

"Kichkina raqqos"

Dastlab, sharqiy mintaqa chempionlaridan boshlaymiz. Nyu-York shahri bosh jamoasi tarkibida harakat qiladigan eng yoshi ulug' futbolchi bu Maksimilliano Nikolas Morales. Tajribali yarim himoyachi 1987 yilning 27 fevral sanasida Argentinaning Granadero Begorria shaharchasida tug'ilgan. Faoliyati davomida hozirgacha 6 ta klub sharafini himoya qilgan. Rossiyaning "Moskva" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va oltita uchrashuvda maydonga tushgan. Keyinchalik, Meksika chempionatiga yo'l olgan va u erda "Leon" safida 35 ta o'yinda 7 gol urib, 10 assistni amalga oshirgan. SHundan so'ng, Ispaniyaning quyi divizion vakili "Rasing"da 84 ta o'yinda 15 gol va 9 samarali pasga mualliflik qilgan. "Atletiko Veles Sarsfild" klubida 98 uchrashuvda 25 ta to'p kiritib, 22 golga assistentlik qilgan. 2011 yildan boshlab, Italiya "A" seriyasining doimiy ishtirokchisi va so'nggi yillarda evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashib, yuqori o'rinlarga davogar bo'lib kelayotgan "Atalanta" libosida 148 bahsda 20 ta gol urgan va 26 ta assistga erishgan. Xattoki, qisqa vaqt ichida etakchiga aylangan va bir necha yillar jamoaga sardorlik ham qilgan. Xalqaro miqyosida, "Argentina U-20" jamoasida 16 uchrashuvda qatnashgan va 5 ta gol urishga erishgan. Milliy terma jamoada esa, Bergamoga ko'chib o'tgan yili bahorda yig'inga chaqirilgan va bor yo'g'i bitta o'yinda maydonga tushgan. O'shanda, argentinaliklar "Venesuela" bilan o'rtoqlik doirasida bellashishgan va bu o'yinda Maksi maydonda 55 daqiqa harakat qilgan. Bo'yi 160 santimetrga teng bo'lgan vinger 2017 yilning 15 fevral kuni erkin agent sifatida "Nyu-York Siti" safiga borib qo'shildi. Futbolchi hozirga qadar jamoa tarkibida 99 uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta to'p kiritgan va 32 golli pasni amalga oshirgan. Ha, granaderolik yaqinda klubdagi yubiley o'yinini o'tkazishi kutilmoqda. Joriy mavsumda, 32 yoshli xavbek 29 bahsda qatnashdi va 7 ta gol urdi. Yana shuni takidlab o'tish joizki, Messining prototipi bo'lgan Morales golni nishonlash borasida o'z uslubiga ega. U agar maydonda muvaffaqiyat qozonsa, vatanida mashhur bo'lgan raqsni namoyish etib beradi.


Mahalliy mashhur bahaybat kiper

Musobaqaning amaldagi chempioni "Atlanta" va AQSH milliy terma jamoasi asosiy darvozaboni Bred Guzan 1984 yilning 9 sentabr kuni tavallud topgan. Uzoq yillik faoliyati davomida naq 5 ta klubda o'ynagan. "CHikago Fayr" tarbiyalanuvchisi bo'lsada, asosiy jamoada birorta ham uchrashuvda qatnashmagan. Guzan "Middlsbro" tarkibida 14 o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol qo'yib yuborgan va 4 ta bahsda darvozasini dahlsiz saqlab qolgan. "Xall Siti" safida 16 uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol o'tkazgan va bu safar o'sishga erishgan - 5 ta quruq o'yin. Keyin, vataniga qaytishga qaror qildi va "CHivas" sharafini 83 o'yinda himoya qilib, o'z darvozasidan 116 ta gol olib chiqqan. Quruq o'yinlar bo'yicha esa, sezilarli ko'tarilish - 26. Oradagi qisqa tanaffusdan so'ng, "Aston Villa"ga ko'chib o'tdi va avvaliga, U-23 toifasidagi yoshlar jamoasida to'rt o'yinning ikkitasida raqiblarga gol urish uchun imkon bermadi. Asosiy jamoa tarkibida esa, Angliya Premer-ligasida 154 uchrashuvda maydonga tushdi va bu orqali katta tajriba to'pladi. Jamoadagi umumiy o'yinlari soni 171 ta. SHularning 35 tasida Bred darvozasini dahlsiz saqlay olgan. Biroq, o'z postidan juda ko'p - 275 ta to'p olib chiqqan. Tumanli o'lkada super forvardlarga ega bo'lgan dahshatli jamoalar borligini hisobga olsak, bu chakki natija emas. 2017 yilning 10 iyulidan beri, mahalliy Atlanta shahri jamoasi darvozasini qo'riqlab kelmoqda. Hozirgacha, 95 uchrashuv o'tkazgan va 105 ta gol qo'yib yuborgan. Lekin, shunga qaramay faxriy kiper statistik ko'rsatkichlar bo'yicha o'sib bormoqda - 39 ta quruq o'yin. Milliy terma jamoada 62 uchrashuv o'tkazgan. Ayni paytda, garchi 35 yoshni urib qo'ygan bo'lsa ham asosiy tarkibdagi o'rnini hech kimga bermay kelmoqda.


"SHrek" laqabli hujumchi

Butun dunyo futbol olamida ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan va tashqi ko'rinishi tufayli muxlis-u mutaxassislar tomonidan peshonasiga "shrek" taxallusi yopishtirilgan Ueyn Runi 1985 yilning 24 oktyabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida tug'ilgan. "Everton" tarbiyalanuvchisi. Yorqin faoliyati davomida bor yo'g'i 3 ta klub libosini kiygan. U "Everton" jamoasida 117 o'yin o'tkazib, 28 ta gol urgan va 4 ta assistni amalga oshirgan. Katta-katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan jonajon klubi "Manchester Yunayted" safida 559 uchrashuvda maydonga tushgan va 253 ta goldan xirmon yasagan hamda jamoadoshlariga 146 ta samarali pas bergan. 2018 yilning 10 iyulidan "Di Si Yunayted" azosi sifatida 51 ta bahsda qatnashib, 28 gol va 4 assistga erishgan. So'nggi vaqtlarda, Runi vataniga qaytishi, quyi liga vakili "Derbi Kaunti" bilan shartnoma imzolagani va xatto klubdagi raqamini ham tanlab bo'lgani haqida OAVlarida xabarlar chiqqandi.



Erta so'nggan yulduz


16 yoshidayoq "Barselona" tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'lgan keng jamoatchilik tomonidan ikkinchi Messi sifatida qaralgan va ko'pchilik mutaxassislar yulduz darajasiga chiqishini tahmin qilgan Boyan Krkich 1990 yilning 28 avgust kuni Ispaniyaning Linola nomli so'lim go'shasida tavallud topgan. "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi sifatida bir qator top-chempionatlardagi kuchli sakkizta jamoa sharafini himoya qilgan. Yuqori saviyali o'yinlarini "ko'k-anorranglilar" safida namoyish etgan hujumchi jamoa tarkibida 163 o'yinda 41 ta gol va 19 ta assistni amalga oshirgan. Tumanli o'lkadagi bir necha yillik faoliyati davomida "Stok Siti" libosida 85 ta bahsda qatnashib, 16 gol va 3 ta samarali pas qayd etgan. Hujumchi Italiya "A" seriyasida ikkita klubda o'ynagan. "Roma"da 37 uchrashuvda 7 ta gol va bitta assistga erishgan. "Milan" tarkibida 27 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va shuncha golli uzatma muallifiga aylangan. Amsterdamning "Ayaks" jamoasi safida 32 uchrashuv o'tkazib, 5 ta gol 6 ta assistga erishgan. SHundan keyin, orada yana Ispaniyaga qaytdi va "Deportivo Alaves"da 15 bahsda bitta gol urdi. Nihoyat, Germaniyaga ham sayoxat qildi va "Maync" uchun 11 o'yinda bittadan gol va samarali pasni amalga oshirdi. Joriy yilning 7 avgustidan "Monreal" tarkibida o'ynab kelmoqda. Hozircha uning hisobida 10 ta uchrashuvda 3 gol bor. Endilikda futbolchi avvalgi mavqeyini tiklash maqsadida o'z ustida tinmay mehnat qilmoqda va sekin-asta o'z samarasini bera boshladi. Krkich gol urishni boshladi!



Asli prayalik dribling ustasi

O'z vaqtida, Evropaning eng kuchli chempionatlaridan biri bo'lgan Angliya Premer-ligasidagi himoyachilarni yuqori darajali driblingi orqali ko'p marta dog'da qoldirgan va millionlab ishqibozlarning hayrat ummoniga g'arq bo'lishlarini sababchisi maydonda fint ishlatishni xush ko'ruvchi Luish Nani 1986 yilning 17 noyabrida Kabo-Verdening kichkinagina Praya shahrida dunyoga kelgan. Ammo, siyosiy muammolarga ko'ra Portugaliyaga ko'chib o'tgan va shu davlat fuqarosiga aylangan. Faoliyati davomida oltita klubda o'ynagan. "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lissabonliklar tarkibida 131 ta o'yinda maydonga tushib, 31 gol va 25 samarali pasga mualliflik qilgan. Keyinchalik, "Manchester Yunayted" tomonidan 25 million evroga sotib olingan xavbek jamoa safida 230 uchrashuv o'tkazib, 40 ta gol va 73 ta assistni amalga oshirgan. Bundan to'rt yil muqaddam Ser Aleks "MYU" murabbiyligidan ketganidan so'ng, arzimagan pul evaziga "Fenerbaxche"ga berib yuborildi. O'tgan vaqt mobaynida faoliyatida pasayish kuzatilgan futbolchi turk klubida 47 bahsda qatnashib, 12 ta gol va 13 ta assist qayd etdi. Ispaniyada "Valensiya" uchun 26 o'yinda 5 gol va 8 assistga erishgan. Amerikaga kelishidan oldin, Italiyaning "Lacio" safida 24 uchrashuvda uchta gol va sheriklariga shuncha samarali pas bergan. Ayni paytda, joriy yilning 18 fevralidan "Orlando Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda va o'tkazilgan 33 o'yinda 12 ta gol va 6 ta assist muallifi bo'ldi.



Betakror futbolchi Ibra

Borgan joyida har qanday muhit bo'lishidan qatiy nazar, juda tez kirishib ketish orqali etakchilikni hech qaerda hech kimga bermay kelayotgan tinib-tinchimas super forvard Zlatan Ibragimovich 1981 yilning 3 oktyabrida SHveciyaning Malmyo shahrida tug'ilgan. "Malmyo" tarbiyalanuvchisi. Hujumchi "Ayaks" tarkibida 110 o'yinda maydonga tushib, 48 gol va 15 assist qayd etgan. Italiyaning bir-biriga ashaddiy dushman bo'lgan ikki jamoasida ham o'ynagan. "Inter"da 117 uchrashuvda 66 ta gol va 30 ta assistga erishgan. "Milan" safida esa, 85 bahsda qatnashgan va 56 to'p kiritib, 24 samarali pas bergan. SHuningdek, "Yuventus" libosida 92 o'yinda 26 gol va 7 foydali uzatmaga mualliflik qilgan. Garchi, "Barselona"dagi o'yinlari butun futbol jamoatchiligi tomonidan tanqid ostiga olingan bo'lsada, forvard bu erda ham sermahsul o'ynagan. U Ispaniyada 46 bahsda qatnashib, 22 ta gol va 13 assistni amalga oshirgan. Eng ko'p golini Parij shahri bosh jamoasida kiritgan. PSJda 180 o'yinda 156 gol va 61 samarali pasga mualliflik qilgan. "Manchester Yunayted" libosini ham kiyishga erishdi va 53 o'yinda 29 gol urib, jamoadoshlariga 10 ta samarali uzatma berdi. Vanihoyat, o'tgan yilning 23 martidan "LA Gelaksi"da 56 uchrashuvda qatnashgan va hozircha 52 ta gol urgan, 14 ta assistga erishgan. SHveciya milliy jamoasida esa, 116 o'yinda 62 ta to'p kiritgan.



AQSH mahalliy ligasining yangi yulduzi

Bir paytlar, tumanli o'lkaga tashrif buyurgan va ko'pchilik muxlis-u mutaxassislar tomonidan "Arsenal"ning etukchisi bo'lishi tahmin qilingan Karlos Vela 1989 yilning 1 martida Meksikada tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini "Salamanka"da boshlagan va ushbu klub asosiy jamoasida bitta o'yin o'tkazgan. "Osasuna" tarkibida 33 o'yin o'tkazib, 3 gol va 4 assistga erishgan. "Real Sosedad" safida naq 250 uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol va 45 ta samarali uzatmani o'z nomiga yozdirib qo'ygan. "Vest Bromvich"dagi qisqagina faoliyatida 8 o'yinda 2 gol va bitta assist qayd etgan. "Arsenal"da esa, u kutilmaganda 64 bahsda qatnashib, bor yo'g'i 11 ta gol va 10 ta samarali pas bergan. O'tgan yil boshidan beri, "Los-Anjeles" sharafini himoya qilib kelmoqda va jamoasi bilan mintaqa chempionligini qo'lga kiritdi. Etiborlisi, hujumchi AQSHda ikkinchi yoshligini o'tkazmoqda. U 65 o'yinda 51 gol va 22 assistga erishgan. Xalqaro miqyosda, Vela Meksika milliy terma jamoasi uchun 72 o'yinda 19 ta gol urdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsumda liga bosh to'purari bo'lishga asosiy davogar bo'lib turibdi.



Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика