So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

MLS. Los-Anjeles derbisi va kuchlilar to'qnashuvi. CHorak final prevyusi Yangiliklar

MLS. Los-Anjeles derbisi va kuchlilar to'qnashuvi. CHorak final prevyusi

Ertaga, AQSH milliy chempionati pley-off bosqichining 1/4 final raundi doirasida bosh sovrinni qo'lga kiritish yo'lida hozircha omadi kelayotgan musobaqani yakuniy turnir jadvalida kuchli beshlikda yakunlagan jamoalar o'zaro bahsga kirishishadi.

Nyu-York va Toronto shaharlari jangi

G'arbiy mintaqada deyarli butun mavsum davomida karvonboshilikni hech kimga bermay kelgan "Nyu-York Siti" 24 ishtirokchi orasida 6 mag'lubiyat qayd etgan holda, faqatgina Los-Anjeles shahri bosh jamoasidan keyin eng kam omadsizlikka uchragan klub bo'ldi. Ular bu safar, chempionlik poygasida baholi qudrat qatnashgan va yakunda Runi jamoasi bilan bir hil ochko to'plab, to'plar nisbatiga ko'ra 4-o'rinni egallagan "Toronto" bilan bellashib ko'rishadi.



Azaliy raqobatchilar bahsi

Peshqadamlar ichida ko'proq durangga moyil bo'lgan va oltin medallar uchun kurashda haqiqiy gigant jamoa oldida ojiz qolgan "Sietl Saunders" 2-o'rinni egallash yo'lida uchun doimiy raqobatchisi bo'lib kelgan "Real Solt-Leyk" bilan ro'baro' bo'ldi. Har ikkala jamoada ham tarkib asosini turli davlat fuqaroligiga ega tajribali legioner futbolchilar tashkil qilishadi. SHunday ekan, o'yin qiziqarli kurashlar ostida o'tishiga zarracha shubha yo'q.


Kuchlilar bellashuvi

Yana bir butun mavsum bo'yi sovrinli o'rinlar uchun keskin ravishda kurashib kelgan musobaqaning ikki grant klubi "Atlanta" va "Filadelfiya" o'zaro to'qnash kelishdi. Mezbon jamoa bosh sovrinning amaldagi sovrindori bo'lsa, Yuta shtati vakillari hali biron marta shohsupaga ko'tarilishmagan. To'g'ri, o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyat tashkil topganiga endigina besh yil to'lgan atlantaliklar tarixidagi birinchisi bo'lgan edi. SHu nuqtai-nazardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ushbu bahsga nisbatan qiziqish auditoriyasi sezilarli darajada katta bo'lishi aniq.


Los-Anjeles ikkiga bo'linadi


AQSHning eng ko'rkam va chiroyli shaharlaridan biri bo'lgan Los-Anjelesda joylashgan yuqori saviyali o'yinchilarga ega ikki grant klub g'arbiy zona chempioni "Los-Anjeles" tarkibida bo'ydor va jismoniy jihatdan juda baquvvat futbolchi Zlatan Ibragimovichga ega "LA Gelaksi"ga qarshi ayovsiz jang olib boradi. SHu kuni, ko'hna shahar aholisi ikki tomonga ajraladi va ishqibozlar kuchli jamoalarning super uchrashuviga guvoh bo'lishadi.


Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика