So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  0 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2

MLS. 37-tur prevyusi. Etakchilar va autsayderlar jangi Yangiliklar

MLS. 37-tur prevyusi. Etakchilar va autsayderlar jangi

Bugun, Amerika oliy ligasi navbatdagi turiga start beriladi. Nihoyat, chempionatning barcha 24 ishtirokchilari tur doirasida to'qnash kelishadi.

G'arb etakchisiga qarshi sharqning o'rtamiyona jamoasi

O'tgan turda muhim ochkolarni yo'qotib, "Filadelfiya"ni o'ziga yaqinlashtirib olgan "Nyu-York Siti" endi o'z uyida sharqiy mintaqada 5-o'rinda borayotgan "San-Xose"ni qabul qiladi. CHempionlikni ko'zlagan jamoalar o'rtasida murosasiz uchrashuv bo'lishi kutilmoqda.

"Dallas" CHikagoda mehmon bo'ladi

Quyi pog'onalarda izg'ib yuran CHikago shahrining "CHikago Fayr" jamoasi sharqiy zona jadvalining ekvatoriga joylashgan "Dallas"ni qabul qiladi. Takidlab o'tish joizki, mezbonlar tarkibida nemis yulduzi Bastian SHvaynshtayger va yana bir vinger argentinalik Niklas Gaytan harakat qilishmoqda.

Kumush medal davogari va "ekipajchilar" jangi

Ayni paytda, 3-o'rinni egallab turgan "Atlanta" turnir jadvali quyida borayotgan "Kolambus Kryu"ni mehmon qiladi. Frank de Bur boshchiligidagi jamoa Pol Pogbaning akasi Florentin va ajoyib kiper Bred Guzanga ega. Xa, bu o'yinda mehmonlarga qiyin bo'ladi.



Ikki mintaqa peshqadamlari to'qnashuvi

G'arbiy zonada nyu-yorkliklardan bor yo'g'i 3 ochkoga ortda qolayotgan "Filadelfiya" sharqdagi mutlaq hukmronligini o'rnatgan Los-Anjeles shahrining aynan shu nom bilan ataluvchi jaoasiga qarshi keskin bahs olib borishi kutilmoqda.

Nani jamoasi va "inqilobchilar" bahsi

"Orlando Siti" yaqin raqobatchisi "Nyu-Inglend" bilan o'z maydonida o'ynaydi. Jamoalar orasidagi farq 4 ochkoni tashkil qiladi.

Yaqqol autsayderga yana qiyin bo'ladi

"Barselona"da "eng yosh futbolchi" sifatida bir necha rekordlarni o'rnatgan ispaniyalik barvaqt so'nggan yulduz Boyan Krkich "Monreal" klubi azosi hisoblanadi. So'nggi pog'onaga mixlangan "Cincinnati" aynan shu jamoaning sinovidan o'tadi.

Autsayderlar jangi

SHarqiy mintaqada tegishlicha 11-12-pog'onalarni band etgan jamoalar o'zaro bellashadi. Ko'ramiz, hech ketmoni uchmayotgan klublar o'rtasidagi o'yinda qanday natija qayd etiladi.

Bir-biriga o'xshash jamoalar uchrashuvi

Ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan, tashqi ko'rinishi tufayli "shrek" laqabini orttirib olgan va o'z vaqtida Angliya Premer-ligasi klublarini fantastik gollari bilan titratgan Ueyn Runi o'ynayotgan "Di Si Yunayted" yaqin taqibchisi "Portlend Timbers"ni mehmon qiladi.



O'rtamiyona va autsayderga qarshi

G'arbda 4-o'rinni egallab turgan "Toronto" sharq zonasida so'nggi pog'onalarning birida borayotgan "Kolorado"ni o'z uyida qabul qiladi.

Sovrinli o'rinlarga davogar klublar o'yini

Musobaqa jadvalida deyarli yonma-yon joylashgan jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi. Unda, "Real Solt-Leyk" o'tgan turda autsayderga yutqazib qo'ygan "Minnesota"ni mehmon qiladi.

Nyu-Yorkka g'arb etakchilaridan biri keladi


Bronza medalini beruvchi o'rinni band qilgan "Sietl Saunders" o'z maydonida "buqalar"ni qabul qiladi. "Nyu-York Red Bullz" sharqiy zonada 41 ochko jamg'argan holda, jadvalning qoq o'rtasida yani 6-pog'onasida bormoqda.



"Maqtanchoq" Ibra jamoasi omadsizga qarshi


Ohirgi vaqtlarda ishlari yurishmayotgan jamoalar 3 ochko uchun kurashishadi. Mashhur shved hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoadoshlari ikki safardan beri mag'lub bo'lishmoqda. Ular bu turda, "Sporting Kanzas-Siti"ni engishga harakat qilib ko'rishadi.


Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика