MLS. "Cincinnati" sharmanda bo'ldi, Nani gol urdi yoxud 35-tur yakuni
09 sen 2019 16:05
Yangiliklar


MLS. "Cincinnati" sharmanda bo'ldi, Nani gol urdi yoxud 35-tur yakuni
"Nyu-York Siti" etakchilik qilish davom etadi
"Nyu-York Siti" o'z maydonida "Nyu-Inglend"ni qabul qildi va irodali g'alabaga erishdi. O'yinda hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 2-daqiqadayoq urilgan tezkor gol muallifi Xuan Kaysedo. Tanaffusgacha vaziyat o'zgarishsiz qoldi. Domenek Torrent kiyinish xonasida shogirdlariga kerakli so'zlarni topib gapirgan ko'rinadi. Ikkinchi bo'limda nyu-yorkliklar tashabbusni o'z qo'llariga olishdi. O'yin so'nggida yosh umidli futbolchilaridan biri Xesus Medina ikkita to'p kiritib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Ushbu g'alabadan keyin, "Nyu-York Siti" sharqiy mintaqada peshqadamligini mustahkamlab oldi. "Nyu-Inglend" esa bir pog'ona pastlab, 7-o'ringa joylashdi.
New York City FC Jesus Medina - 70', Jesus Medina - 90' |
Major League Soccer . 1-tur 08/09/2019, 01:55 1
:
2
Tugadi
|
New England Revolution Juan Caicedo - 2' |
Stadion: Yankee Stadium
"Cincinnati"da yirik mag'lubiyat
"Toronto" mehmonda o'ynaganiga qaramay "Cincinnati"ni ayab o'tirmadi. Bu o'yinda muhlislar gollar shousiga guvoh bo'lishdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Patrik Mallins hisobni ochgan bo'lsa, 21-daqiqaga kelib jamoaning mahalliy vingeri Nik Deleon o'rtadagi farqni ikkitaga oshirdi. Oradan etti daqiqa o'tar-o'tmas Marko Delgado hisobni yiriklashtirdi. Ikkinchi bo'limda ham ustunlik mehmonlar tomonida bo'ldi. Maykl Bredli va Nikolya Benezelar raqib jamoa darvozasiga bittadan to'p kiritishdi va hisob "Cincinnati" uchun sharmandali ko'rinishga keldi. SHu bilan, "Toronto" turnir jadvalida 5-o'ringacha ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Mezbonlar ushbu omadsizlikdan keyin so'nggi pog'onaga muqimroq joylashishdi.
FC Cincinnati Emmanuel Jorge Ledesma - 90' |
Major League Soccer . 1-tur 08/09/2019, 05:35 5
:
1
Tugadi
|
Toronto FC Patrick Mullins - 10', Nick DeLeon - 21', Marco Delgado - 28', Michael Bradley - 63', Nicolas Benezet - 85' |
Stadion: Nippert Stadium
"Orlando Siti" va "Los-Anjeles" o'zaro sulh tuzishdi
Ko'pchilikning katta qiziqishiga sabab bo'lgan uchrashuv kutilganidek jangovar ruhda o'tdi. Dastlab, Adrien Perez chiroyli goli bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, mezbonlar bunga darhol javob qaytarishdi. Yangi etakchi Luish Nani individual harakatlarini ishga solib, o'rtadagi muvozanatni tikladi. Oradan 7 daqiqa o'tmasidan Benji Mishel hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo'limda "Los-Anjeles" futbolchilari omadlarini raqib jarima maydonchasi ichidan qidirishdi. 78-daqiqaga kelib, urinishlar o'z samarasini berdi. 21 yoshli hujumchi Diego Rossi mehmonlar joniga oro kirdi. "Orlando Siti" ushbu durangdan so'ng qimmatli uch ochkodan mahrum bo'ldi. "Los-Anjeles" navbatdagi yo'qotishdan keyin ham peshqadamligini davom ettiradi.
Orlando City Nani - 13', Benji Michel - 20' |
Major League Soccer . 1-tur 08/09/2019, 05:35 2
:
2
Tugadi
|
Los Angeles FC Adrien Perez - 11', Diego Rossi - 78' |
Stadion: Exploria Stadium
G'arbda kuzatilgan "sensaciya"
"Kolorado" kutilmaganda, turnir jadvalida yuqori o'rinlaridan birini egallab turgan "Sietl Saunders" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi bo'limning 42-daqiqasida hisob ochildi. Gol muallifi koloradoliklarning braziliyalik forvardi Andre SHinyashiki. O'yinning ikkinchi yarmida ham mezbonlar qarshi hujumga asoslangan taktikani qo'llashda davom etishdi va bu o'z samarasini berdi. Yana o'sha SHinyashiki jonbozlik ko'rsatib, hisobiga "dubl"ni rasmiylashtirib qo'ydi. Ushbu qo'lga kiritilgan muhim g'alabadan so'ng, "Kolorado" 10-o'ringa ko'tarilib oldi. "Sietl" esa "Minnesota"dan ilgarilab ketish imkoniyatidan foydalana olmadi.
Colorado Rapids Andre Shinyashiki - 42', Andre Shinyashiki - 70' |
Major League Soccer . 1-tur 08/09/2019, 07:10 0
:
2
Tugadi
|
Seattle Sounders FC |
Stadion: Dick's Sporting Goods Park
O'rtamiyonalar jangida "Portlend Timbers" g'alabasi
G'arbiy mintaqada yonma-yon borayotgan jamoalar to'qnashuvi qiziqarli kechishi oldindan tahmin qilingandi. Bu o'yinda ham o'z tasdig'ini topdi. SHu kuni muhlislar murosasiz bellashuv guvohiga aylanishdi. Birinchi bo'lim tengma-teng kurashlar ostida o'tdi. Barcha gollar uchrashuvning ikkinchi qismida urildi. Oldiniga "Sporting Kanzas-Siti" tajribali yarim himoyachisi Benni Feylxaber raqib jamoa darvozasini ishg'ol qildi. Lekin, mezbonlar Jeremi Ebobiss va Brian Fernandeslarning so'nggi daqiqalarda urgan gollari evaziga g'alabani ilib ketishdi. SHunday qilib, ajoyib "kambek"ni amalga oshirgan Jovanni Savarese shogirdlari 7-o'ringacha ko'tarilib olishdi. "Sporting Kanzas-Siti" klubi bo'lsa, raqibiga etib olishi mumkin bo'lgan bahsda engildi.
Portland Timbers Jeremy Ebobisse - 83', Brian Fernandez - 90' |
Major League Soccer . 1-tur 08/09/2019, 08:50 1
:
2
Tugadi
|
Sporting Kansas City Benny Feilhaber - 65' |
Stadion: Providence Park
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar