"Mixed zone". Turkmaniston U-23 darvozaboni: "Terma jamoamiz O'zbekistonga qarshi o'yinga astoydil hozirlik ko'rgandi"
02 iyu 2022 11:15
Yangiliklar
"Mixed zone". Turkmaniston U-23 darvozaboni: "Terma jamoamiz O'zbekistonga qarshi o'yinga astoydil hozirlik ko'rgandi"
U-23 Osiyo Kubogi "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Turkmaniston (1:0) bahsi bo'lib o'tdi.
SHundan so'ng uchrashuvda munosib harakat qilgan, ammo penaltidan kiritilgan to'pni darvozasidan olib chiqishga majbur bo'lgan turkmanistonliklar posboni Rasul CHoriev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi o'ynadik, ammo uchrashuv oxirida gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda, jamoadoshlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi.
Endi bundan saboq olib, keyingi uchrashuvlarda ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
Turkmanistonga nima etishmadi? Terma jamoamiz O'zbekistonga qarshi o'yinga astoydil hozirlik ko'rgandi. Ehtimol, bizga o'yin amaliyoti etishmay qoldi, shekilli", – dedi CHoriev.
Fikrlar