So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  20 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

"Mixed zone". Sanjar Quvvatov: "Penalti belgilangan har ikki vaziyat kulguli" Yangiliklar

"Mixed zone". Sanjar Quvvatov: "Penalti belgilangan har ikki vaziyat kulguli"

Superliga uchinchi turining markaziy bahsi "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng (2:1) "sherlar" darvozaboni Sanjar Quvvatov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Mavsumni ketma-ket mag'lubiyatlar bilan boshlagan "Paxtakor", so'nggi yillardagi eng azaliy raqibiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rgandi?

- Bugungi uchrashuvda yo'qotadigan narsamiz yo'q edi, faqatgina maydonga chiqib g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng jamoa ko'p tanqid qilindi va har bir futbolchi ichidan nimalar o'tganini o'zi biladi. Bugun barcha bor kuchini ishga soldi va shu sabab bugun g'alabaga erishdik deb o'ylayman.


- Bugungi uchrashuvni jamoa qanday o'tkazdi?

- O'yinni juda zo'r o'tkazdik deb o'ylayman, chunki har bir poziciyadagi futbolchi bor kuchini ishga soldi va shu sabab bugun biz g'olib bo'ldik.


- Bugun siz qo'riqlagan darvozaga ikki marotaba penalti belgilandi. O'sha vaziyatlarda 11 metrlik jarima zarbasini belgilashga asos bor edimi?

-  (kuladi) Kulguli holat to'g'risi, ikkala penalti belgilangan vaziyatlar kulguli. 


- O'yin oxirida 11 metrlik zarbani bartaraf etdingiz va jamoangiz g'alabasini saqlab qoldingiz. O'yinda ikkinchi marotaba penalti belgilangan vaziyatda, penaltini qaytarishingizni avvaldan sezganmidingiz?

- Yo'q, penaltini zarbasini aniq qaytarishini hech kim his qilmaydi. Men yigitlarning yuziga qaradim va ularning yuzida hamma narsa sezilib turgan edi. Men nima uchun penalti belgilanganini bilmayman. Bu hakam qarori edi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика