"Mixed zone". Rasul Yo'ldoshev: "Paxtakor"da Arveladzening uslubi saqlanib qolgan"
30 iyu 2022 13:59
Yangiliklar
"Mixed zone". Rasul Yo'ldoshev: "Paxtakor"da Arveladzening uslubi saqlanib qolgan"
Uchrashuvdan keyin "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshevning fikrlariga quloq tutdik.
"Paxtakor" bilan mehmonda o'ynayapmiz. Tabiiyki, oson bo'lmasligi aniq edi. Bor kuchimiz bilan g'alaba uchun harakat qildik. Boshqa yo'limiz ham yo'q edi. Anchadan beri faqat durang va mag'lubiyat bo'layotgandi. SHukr, tanaffusga 3 ochko va yaxshi kayfiyat bilan ketyapmiz",- deydi Rasul Yo'ldoshev.
— Oxirgi yillarda "Paxtakor" bilan o'yinlar gollarga boy bo'lmoqda. Bu har 2 jamoa faqat g'alaba uchun maydonga chiqishi bilan bog'liqmi?
— Ha, biz derbilarga alohida kayfiyat bilan tayyorlanamiz. Gollarning ko'p bo'lishini ikkala jamoa ham ochiq futbol ko'rsatishi bilan izohlash mumkin.
— SHotaning "Paxtakor"iga qarshi o'ynagansiz. Undan keyin Xyuistra ishladi. Oldingi davrlarni ko'rgan futbolchi sifatida ayting, bugungi "Paxtakor" ulardan kuchsizmi?
— Yo'q, kuchsiz emas, tarkib ancha yoshargan deylik. Lekin Arveladzening uslubi haliga saqlanib qolgan.
Fikrlar