"Mixed zone". Abbos Fayzullaev: "Maydonning chimi yaxshi holatda emasdi, lekin bu bizga bahona bo'la olmaydi"
19 iyu 2022 22:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/706191_original.jpg)
![](/upload/storage/706191_220.jpg)
"Mixed zone". Abbos Fayzullaev: "Maydonning chimi yaxshi holatda emasdi, lekin bu bizga bahona bo'la olmaydi"
O'yin haqida
- Avvalambor, mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Bugun g'alaba qozonib, musobaqa bosh sovrinini muxlislarimizga taqdim qilmoqchi edik. Nachora, hayotda mag'lubiyat bilan g'alaba yonma-yon yuradi. To'g'ri, hozirda mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Lekin bundan saboq olib, kelgusi turnirlar uchun xulosa chiqaramiz. Hayotda yiqilgan odam qayta tura olishi kerak. Biz kuchli bo'lib qaytamiz.
- Maydonning chimi jamoani qoniqtirdimi?
- To'g'risini aytsam, undan qoniqmadim. CHunki maydonning chimi yaxshi holatda emasdi. Lekin bu bizga bahona bo'la olmaydi. SHunga qaramay, o'yin so'ngigacha borimizni berdik.
- Bugun terma jamoamiz ko'plab hujumlar uyushtirib, gol urolmadi. Raqib esa kam sonli qarshi hujumlardan to'p kiritdi. Jamoaga nima etishmadi?
- Albatta, futbol qoidasi shu — vaziyatlardan unumli foydalanib, ko'p gol urgan jamoa g'alaba qozonadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar