So’nggi yangiliklar

04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  1 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  6 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  15 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  12 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  747 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  167

Mixail Naumov: “Oq-tepa”ga ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun keldim” Yangiliklar

Mixail Naumov: “Oq-tepa”ga ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun keldim”

Bundan bir necha yillar oldin “Mashal” safida porlab chiqqan Mixail Naumovning kelajagini ko'pchilik porloq deya baholagandi.

30 yoshli posbon muborakliklar tarkibida o'zini ko'rsatib, keyinchalik bir guruh sobiq jamoadoshlari bilan “Nasaf”ga ko'chib o'tgandi. Ammo so'nggi paytlarda u “ajdarlar”ning zaxira o'rindig'iniga “mixlanib” qolgandi. Murabbiylar shtabi ko'proq ishonchni mahalliy Eldor Suyunovga bildirgach, Naumov asosan zaxirada o'z vaqtini kelishini kutib o'tirdi. Ammo hadeganda bu amalga oshmadi va joriy mavsum boshida mahoratli darvozabon jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Davron Fayziev boshqaruvidagi “So'g'diyona” bilan kelishuvga erishgach, Mixail avvaliga darvozani o'zi qo'riqlab kelayotgandi. Ammo birinchi davraning 3-4ta o'yini o'tgach, u erda ham zaxiraga o'tirib qoldi. Yozgi davralar oralig'ida esa Mixail jizzaxliklar bilan xayrlashdi va taqdirini birinchi liga ishtirokchisi “Oq-tepa” bilan bog'ladi. Hozircha u jamoasining asosiy darvozaboni sifatida gavdalanmoqda. Kecha birinchi liga doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv-BFK” – “Oq-tepa” bahsida Naumovning jamoasi mag'lubiyatga uchradi. Buning sabablarini bilish va boshqa savollarga javob olish maqsadida Mixail bilan suhbatda bo'ldik. Darvoqe, Naumov rus millatiga mansub bo'lsada, biz bilan suhbatda o'zbek tilida ravon so'zlasha olgani bilan etiborimizni tortdi.

- Misha, kecha jamoangiz “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o'yinda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib, alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Avvalo ushbu uchrashuv to'g'risida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Haqiqatdan ham kecha hisobda oldinga chiqib olgan xolda, yakunda mag'lub bo'ldik. Bu juda alamlidir. Bilasizmi aslida bahsga bo'lgan tayyorgarlik yuqori darajada edi. Raqibni xurmat qilgan xolda, unga qarshi jiddiy hozirlik ko'rgandik. Ammo shu kuni negadir butun jamoani o'yini chiqmadi. Menimcha mag'lubiyatga butun jamoa aybdor. Futbol – jamoaviy o'yin. Yutsa butun jamoa yutadi. Aksincha xolatda ham bir kishini ayblash noo'rin deb bilaman. 

- “Lokomotiv-BFK” tarkibida asosan yoshlar xarakat qilayotganini inobatga olsak, o'yindan oldin “Oq-tepa” futbolchilari raqibni yutib bo'lganmidi?

- Yo'q, menimcha unday emas. Yuqorida aytganimdek, raqibga jiddiy qaragandik. Bilardikki, yoshlar o'zini ko'rsatish uchun etakchi jamoaga qarshi bahsda astoydil o'ynashini. SHaxsan o'zim yigitlarga ham bu borada uqtirgandim. CHunki bu kabi jamoalar, xususan “Lokomotiv-BFK”, “Mashal-2”, “Paxtakor-2” kabi klublardagi futbolchilar turnir peshqadamidan ochko olish uchun astoydil o'ynaydi va asosiy jamoaga o'tish uchun murabbiylarda iliq taassurot qoldirish maqsadida ham puxta tayyorgarlik qiladi. SHaxsan menga bunday jamoalar yoqadi. 


- Demak siz “temiryo'lchilar”dan jiddiy qarshilik kutgan ekansizda?

- Ha, shunday. Kutilgandek o'yinda raqib futbolchilari astoydil o'ynadi va o'z maydonida ochko olish uchun jiddiy tashvish tug'dirdi. Yana bir bor takidlayman, mag'lubiyatda butun jamoaning aybi bor.

- Alamli mag'lubiyatdan keyin futbolchilar ham ruhiy o'raga tushib qolgan bo'lsa kerak? 

- Futbolda g'alaba bilan mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi degan gap bor. Balki bu yaxshilikkadir. Mag'lubiyat ham bazida bo'lib turishi kerak. Faqat undan to'g'ri xulosa chiqarib olmoq darkor. 

- Endi jamoangiz keyingi turda “Zomin”ni qabul qiladi...?

- Ha, har qanday vaziyatda ham endi keyingi turda yutmasak bo'lmaydi. CHunki oldimizga jiddiy vazifa qo'yilgan. Raqobatchilarimizning ilgarilab ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun g'alaba bizga juda zarur. “Zomin” ham yaxshi jamoa. Ular ham safardan imkon qadar ochko olib qaytishga urinishi tabiiy. Boz ustiga zominliklar ham kecha o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi. 

- Endi “Oq-tepa” haqida gaplashsak. Sir bo'lmasa bu jamoaga kelib qolishingiz qanday amalga oshdi?

- Bilsangiz kerak bungacha “So'g'diyona”da edim. Jizzaxliklar bilan xayrlashgach, o'zimga yangi jamoa qidira boshladim. Rostini aytsam, “Nasaf”ga qaytish niyatida edim. SHuningdek “Olmaliq” va “Andijon” klublari bilan ham muzokara o'tkazildi. Ammo yubu jamoalar bilan aniq bir to'xtamga kelinmagach, oldimda turgan so'nggi variant “Oq-tepa” edi. Bosh murabbiy Ildar Sakaev meni o'z jamoasida ko'rishni istayotganini bildirgach, hammasini gaplashib oldik

- Bu jamoa nimasi bilan etiboringizni tortdi?

- Eng avvalo “Oq-tepa”ni oldida aniq bir maqsad bor. Yani elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Qolaversa so'nggi paytlarda bilsangiz kam o'yin amaliyotga ega bo'layotgandim. SHu bois ko'proq o'ynash maqsadida “Oq-tepa”ga o'tishga qaror qildim. 

- Yangi jamoa qanday taassurot qoldirdi?

- Juda yaxshi. Tarkibdagi futbolchilarning ko'pi mahoratli va ilgari oliy ligada o'ynagan yigitlardir. Nasib qilsa rahbariyatni ishonchini oqlaymiz va oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz. 

- Klubda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?

- Albatta. Ko'pchilik menga savol beradi bu borada. Men doim ularga sharoitlar alo darajada ekanligini aytyapman. Ochig'ini aytganda, birinchi liganing boshqa klublarida bunday sharoitlar yo'q desa ham bo'ladi. Klub qarorgohi, trenajyor zal va stadioni mavjud bo'lib, u erda barcha qulayliklar yaratilgan. Baza ham juda shinam qurilgan. Nolishga haqqimiz yo'q. Bunday sharoitlar bilan oliy ligaga chiqmasak bo'lmaydi. 

- O'zingiz adashmasak, surxondaryoliksiz. Toshkentda uyingiz bormi yoki klub qarorgohida istiqomat qilasizmi?

- To'g'risi, Surxondaryoga so'nggi paytlarda deyarli bormay qo'ydim. Futbolda ishlab topgan pullarimga Toshkentdan uy olganman. Oilam bilan shu erda yashab kelmoqdamiz. 


- “So'g'diyona”dagi faoliyatingiz uzoq davom etmadi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz? 

- (Biroz o'ylanib) Ha, birinchi davrada bu jamoada bor yo'g'i, 3-4ta o'yinda maydonga tushdim xolos. Bilasizmi avvaliga Jizzaxda ishlarim yaxshi ketayotgandi va o'zimga ishonardim asosiy tarkibda o'ynash uchun. Ammo “Qizilqum” bilan o'yinda o'z darvozamizdan 4ta gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng, bosh murabbiy keyingi uchrashuvda meni zaxirada qoldirdi. Avvaliga buni to'g'ri qabul qildim va yana imkon berishini kutdim. Lekin birinchi davrani so'nggi turiga qadar u erda ham asosiy vaqtimni zaxirada o'tkazdim. Bu bilan murabbiylar shtabiga etiroz bildirmoqchi emasman. CHunki natijaga ular javob beradi. Davralar oralig'ida muhitni o'zgartirish qaror qildim va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida boshqa klubga o'tdim. 

- Umuman olganda, oxirgi yillarda faoliyatingizda sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Nima uchun bunday bo'lyapti deb o'ylaysiz?

- Ha, “Nasaf”da ham ikki yilni asosan zaxirada o'tkazdim. U erda men ko'proq murabbiyga ishondim va o'z ustimda astoydil ishlab, yana avvalgidek o'yin amaliyotiga ega bo'laman deb yuraverdim. Biroq voqealar rivoji men o'ylagandek chiqmadi. Keyin chuqur o'ylab ko'rdim va “Nasaf”ni o'sha paytdayoq tark etishim kerakligini tushunib etdim. 

- Hozir birinchi ligadasiz. Aytingcha yana oliy ligaga qaytishingizga ishonasizmi?

- Bo'lmasam-chi?! Eng avvalo “Oq-tepa” bilan oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishimiz kerak. Keyin o'zim ham oliy liga klubida o'ynash uchun astoydil xarakat qilyapman. Ayni damda mashg'ulotlarda ham ikki hissa kuch bilan ishlab kelmoqdaman. 

- Birinchi ligada o'ynash qanday bo'lmoqda?

- O'zimga yoqmoqda. Birinchi ligada ham haqiqiy kurash kechadi. Har bir jamoa maydonga g'alaba ilinjida tushmoqda. Oson o'yinning o'zi yo'q. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика