Mixail Naumov "Navbahor"da
05 fev 2016 21:01
Yangiliklar
Mixail Naumov "Navbahor"da
2015 yilgi mavsum birinchi yarmini Jizzaxning “So'g'diyona” klubida, ikkinchi davrani esa birinchi liga vakili "Oq-tepa"da o'tkazgan ushbu posbon jamoa mashg'ulotlariga qo'shilgunga qadar “Olmaliq” yig'inida ishtirok etayotgandi. Darvoza chizig'idagi raqobatni kuchaytirish maqsadida murabbiylar shtabi Naumovni ham ko'rikdan o'tkazishadi.
Bundan tashqari, jamoaning Toshkentdagi dastlabki yig'inida qatnashgan Nodir Mavlonov va Ravshan Aslanovlar yana mashg'ulotlarga qaytishdi. Mavlonov “Obod” tarkibiga o'tib, oliy liganing yangi vakili safida nazorat o'yinida qatnashishga ham ulgurgandi.
Ertaga "Navbahor" Toshkentning “Obod” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushadi. Mazkur o'yin “Obod” o'yingohida soat 12.00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar