So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

Mixail Laudrup: "Bugun juda muhim g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Mixail Laudrup: "Bugun juda muhim g'alabaga erishdik"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Mixail Laudrup ishtirok etdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alabadan xursandman. Birinchi bo'limda taktik jihatda yaxshi o'ynadik. Raqibga imkon qoldirmadik. Bugungi g'alaba biz uchun juda muhim bo'ldi", - deydi Laudrup.


- "Bunyodkor" jamoasining bunchalik kuchsiz o'yin ko'rsatishini kutganmidingiz?

- Birinchi bo'limda raqib men kutganimdek yaxshi o'ynadi. Hujum qilishga urindi. "Bunyodkor" kuchsiz o'ynamadi.


- Nima uchun "Bunyodkor" himoyada xatoga yo'l qo'yganida qarshi hujumlardan so'ng ikkinchi golni urishga urinmadinglar. Sizlarda bunday imkoniyatlar bo'lgandi. 

- Biz hujum qilishga urindik. Tarkibimizda jarohat olganlar ko'p. Bugun ham sardorimiz jarohat oldi.


- Fikringizcha "Bunyodkor" juda ham qo'pol o'yin namoyiish etmadimi?

- Raqib birinchi bo'limda kutilganidek yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa ular shoshishdi va ko'p xatoga yo'l qo'yishdi. O'tgan safar "Persepolis"ga qarshi o'yin kabi ko'p hujum qildi. Ketma-ket uydagi o'yinda yutqazib qo'ydi.


- Kecha siz "Bunyodkor" Rossiya klublariga o'xshaydi degan edingiz. Bugungi o'yindan keyin ham fikringiz o'zgarmadimi? 

- Raqib jismonan kuchli jamoa hisoblanadi. Har qanday holatda "Bunyodkor"ni hurmat qilaman.


- "Bunyodkor" guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotdi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, hali oldinda 3ta o'yin bor. O'sha o'yinlarda g'olib bo'lishsa guruhdan chiqishadi.



Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика