Mixail Fomenko: "Germaniya bu dahshatli mashina"
13 iyu 2016 05:00
Yangiliklar
Mixail Fomenko: "Germaniya bu dahshatli mashina"
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Mixail Fomenko Germaniya bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
- Qanday o'yin bo'lishini juda yaxshi tushunib turgandik. Bu endi tarixga aylandi. Oldinga intilish lozim. Jamoani ruhan yana tiklash zarur. Qolgan ikkita bahsda guruhdan chiqish yoki chiqmasligimiz hal bo'ladi. Gol urish uchun vaziyatlarga ega bo'lgandik. Ammo ulardan foydalana olmadik. Germaniya tarafidan hech qanday syurpriz bo'lgani yo'q. Futbolchilar kimga qarshi maydonga tushayotganliklarini yaxshi tushunishgandi. Yana o'sha gapga qaytaman, Germaniya bu dahshatli mashina...
Fikrlar