Mitroglu: "Olimpiakos" raqibni hurmat qiladi, lekin undan umuman qo'rqmaydi"
17 sen 2014 08:50
Yangiliklar


Mitroglu: "Olimpiakos" raqibni hurmat qiladi, lekin undan umuman qo'rqmaydi"
"Olimpiakos" hujumchisi Konstantinos Mitroglu CHempionlar Ligasi doirasigi madridning "Atletiko"si bilan bo'lgan uchrashuvdan so'ng, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, Mitroglu jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.
"Juda qiyin g'alabaga erishdik. "Atletiko" - ajoyib jamoa, himoyada ham, hujumda ham yaxshi o'ynay oladigan klub. Ular o'tgan mavsumda Ispaniya chempioni, CHempionlar Ligasi finalchisi va Ispaniya Superkubogi sohibiga aylanishdi. Bir necha kun avval jamoa madrid derbisida "Real"dan ustun keldi. Biz raqibga hurmat bilan munosabatda bo'ldik, lekin qo'rquv degan narsa umuman yo'q edi. "Olimpiakos" o'z mayonida doimo ajoyib o'yin namoyish etadi. Murabbiy bizni bunga tayyorlab bordi va biz uning ko'rsatmalariga amal qildik", - deya, Mitroglu so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar