Misrlik muxlis Jahon chempionatiga velosipedda yo'l oldi
10 apr 2018 18:30
Yangiliklar
Misrlik muxlis Jahon chempionatiga velosipedda yo'l oldi
Rossiyaga borishning o'zgacha yo'lini tanlagan ishqiboz ixtiyorida 65 kun bor.
Misrlik Muhammad Nufal Rossiyagacha velosipedda boradi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi. Muxlis Jahon chempionatiga borishni maqsad qilgan. Qarindoshlari uni Qoxiradagi Taxrir maydonida kuzatib qo'yishdi. Ishqiboz 5 ming kilometrni 65 kunda bosib o'tishga umid qilmoqda.
Nufal Bolgariya, Ruminiya, Moldova va Ukraina orqali manzilga boradi. Eslatib o'tamiz, Muhammad Salah etakchiligidagi Misr terma jamoasi oxirgi 28 yilda ilk bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar