Misr termasi shifokori Salahni ahvoli haqida gapirdi

15 noya 2020, 08:21
Misr terma jamoasi shifokori Muhammad Abu Emela koronavirusga chalingan terma jamoa hujumchisi Muhammad Salahning holati haqida gapirdi.

“Unda kasallikning engil formasi, jiddiy simptomplarsiz kechmoqda. Salah Misrda qolib, kasallikdan to'liq forig' bo'lishiga qadar o'zini o'zi yakkalash rejimiga o'tishi kerak. Misr hukumatining xavotirlanishiga sabab – Salah terma jamoa uchun alohida mavqega ega futbolchi. Bu yerda hamma unga yordam berishni, kasallikdan tezroq qutulishini istaydi”, deya Abu Emelaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Associated Press.

O'xshash yangiliklar


Manba: Associated Press