Mishel Platini Qozog'iston kubogi finaliga tashrif buyurishi mumkin
09 noy 2013 10:51
Yangiliklar


Mishel Platini Qozog'iston kubogi finaliga tashrif buyurishi mumkin
Qozog'iston kubogi final uchrashuviga martabali mehmonlarning kelishi kutilmoqda. Ular orasida UEFA prezidenti Mishel Platini ham bor.
- Finalga Mishel Platinining kelishi kutilmoqda. Bundan tashqari bu o'yinga turli davlatlardan mehmonlar chaqirilgan. Muxlislar o'rtasida ikkita avtomobil o'ynaymiz, - deydi PFL vakili Mixail Gurman Sports.kz nashriga.
Eslatib o'tamiz, 10 noyabr kuni Ostnoa Arena stadionida Qarag'andaning SHaxter va Taraz klublari to'qnash kelishadi.

Fikrlar