So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Mish-mish - emasmish! FIFA “So'g'diyona”ga murojaat bilan chiqdi Yangiliklar

Mish-mish - emasmish! FIFA “So'g'diyona”ga murojaat bilan chiqdi

Oliy liganing 19 va 21-turlaridan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” hamda “So'g'diyona” – “Metallurg” uchrashuvlarida qayd etilgan 5:4 hisoblari ko'pchilikni ajablantirish bilan bir qatorda etirozlarda hamda gumonlarga sabab bo'ldi.
Sababi, murabbiylarning o'zi Zomindagi stadionda futbol o'ynab bo'lmaydi deb turgan bir vaziyatda jizzaxliklar ikki uchrashuvda raqiblar darvozasini 10 marta ishg'ol qilishi ajablanarli holat. Vaholanki, bu stadionda chempionlikni ko'zlayotgan, tarkibida tajribali futbolchilar to'p suradigan “Lokomotiv” 2tagina gol urgandi. “Neftchi” umuman golsiz qaytgan. Xo'p, jizzaxliklar mezbon sifatida maydonga ko'nikib olgan dersiz, unda “Navbahor” va “Metallurg” futbolchilarichi?

Demak, mazkur jamoalar tarkibida to'p surayotgan futbolchilar mahorat bobida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf” azolaridan o'tib ketibdi-da! Endi terma jamoalarimiz tarkibini yoppasiga “So'g'diyona”, “Metallurg” va “Navbahor” futbolchilari bilan to'ldirsak bo'laverar ekan-da!?

Xullas, aytishlaricha, bu uchrashuvlar FIFAning ham etiborini tortgan va bellashuv yozilgan diskni so'ragan. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Bu yog'iga klublarimiz o'ylab ish tutadi degan umiddamiz.

Albatta bularning barchasi mish-mish, ammo mish-mish bo'lmasligi ham mumkin! Aytishadiku, shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi deb!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика