Mirzohid G'ofurov: "Mashal-2"dan boshqa jamoa bo'lgandan bizga osonroq bo'lardi"
20 mar 2016 19:00
Yangiliklar


Mirzohid G'ofurov: "Mashal-2"dan boshqa jamoa bo'lgandan bizga osonroq bo'lardi"
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogining 1/16 final uchrashuvidan so'ng asosiy tarkib jamoamiz futbolchisi Mirzohid G'ofurov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qiyin o'yin bo'lganini 120 daqiqada ham gol ura olmaganimizdan bilishingiz mumkin. Penaltilar seriyasida esa omadimiz keldi. Birinchi liga jamoamiz harakatlari menga juda ham maqul keldi. Ular oxirgi kuchini ham sarfladi. Agar bu bosqichda bizga "Mashal-2"dan boshqa jamoa to'g'ri kelgandan osonroq g'alaba qozongan bo'lar edik deb o'ylayman. Kerakli natijaga erishdik endi keyingi bosqich haqida o'ylaymiz. Kubok bahslaridan ham uzoqroqqa bormoqchimiz. CHempionatda ham tezroq tushkunlikdan chiqib ketishimiz kerak. Hali hammasi oldinda", - deydi Mirzohid G'ofurov kechagi bahs haqida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar