So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  0 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Mirzohid G'ofurov: "Ikkita durangdan so'ng "Andijon" bilan o'yinda g'alaba qozonishimiz shart" Yangiliklar

Mirzohid G'ofurov: "Ikkita durangdan so'ng "Andijon" bilan o'yinda g'alaba qozonishimiz shart"

OKMK bilan o'yindan keyin "Neftchi" klubi himoyachisi Mirzohid G'ofurovning fikrlarini tingladik.

- "Neftchi" jamoasi 17-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvini "OKMK" jamoasiga qarshi o'tkazdi va durang qayd etdi. Ushbu qiziqarli uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- Uchrashuv og'ir o'tdi, jamoamiz mavsum boshidan buyon mag'lubiyatga uchramay kelayotganligi, shu sababli bizga qarshi barcha jamoalar ikki hissa kuch bilan harakat qilib, mag'lubiyatga uchratishni xohlamoqda. OKMK bilan uchrashuvda "Neftchi" raqibdan ancha faol va hujumkor o'ynadi. Aslida g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, lekin ayrim sabablarga ko'ra muvaffaqiyatga erisha olmadik.

- Uchrashuvning 53-daqiqasida sizga nisbatan raqib himoyachisi qo'pol ravishda qoidani buzdi, avvaliga bosh hakam to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib futbolchini maydondan chetlatdi. Biroq VAR tizimi orqali vaziyatni o'rganib, qizil kartochkani bekor qildi. Ushbu vaziyat bo'yicha fikringiz...
- O'sha vaziyatdagi qo'pollikni ikkinchi darajaga qo'yib turaylik, agar shu vaziyatda men Islom To'xtaxo'jaevdan o'tib ketganimda biz uchga bir vaziyatga chiqib borib gol urishimiz mumkin edi, shu vaziyatdagi kichik folni o'zi ham sariq kartochkaga teng vaziyat bo'lgandi. Lekin u erda raqib himoyachisi qo'pollik bilan bir qatorda oyoqning himoyalanmagan joyiga butsining tag qismi bilan zarba berdi. Bu vaziyatda bosh hakam qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi.

- “Neftchi” Superligada mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi, g'alabaga etaklab kelayotgan bosh murabbiy Vitaliy Levchenko haqida nima deya olasiz...

- Qo'lga kiritayotgan ijobiy natijalarimizda bosh murabbiyimiz Vitaliy Levchenkoning hissasi katta. Tajribali mutaxassis o'z futbol falsafasini singdirib, bizni ahil jamoaga aylantirdi, umuman olganda yaxshi murabbiy. O'ylaymanki, ushbu mutaxassis o'zbek futboliga yangiliklar olib kirmoqda. Jamoamizning mag'lubiyatsiz o'yinlarni davom etirayotganligi bosh murabbiyning qanday saviyada ekanligini ko'rsatib turibdi.




- Siz Lutfulla To'raevdan keyin "Neftchi" jamoasini sardori hisoblanasiz, bu qanchalik masuliyat talab etmoqda.

- Jamoamizda masuliyatni hamma birdek tushunib turibdi, albatta sardorlik bog'ichi ostida o'ynashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Uchrashuv hakami bilan muloqot qilish va o'yinchilarni oldinga chorlash kabi bosimlari mavjud.

- "Neftchi" jamoasi keyingi turda vodiy derbisida "Andijon" jamoasini qabul qiladi, jamoa superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi?

- Vodiy derbilarida jamoalar Superliganing qaysi pog'onada bo'lishidan qatiy nazar bor kuchlari bilan harakat qilishib, muxlislarini xursand qilishni xohlashadi, navbatdagi derbi ham shunday o'tishiga aminmiz. O'ylaymanki, ushbu uchrashuda jamoamiz g'alaba qozona oladi. "Neftchi" so'ngi ikki turda durang qayd etib, muhlislarni xafa qilgan bo'lishi mumkin, shu tufayli g'alaba qozonishimiz kerak bo'ladi.

- "Neftchi" jamoasi jonkuyar muxlislariga ega, har bir o'yinda qo'llab-quvvatlab kelayotgan ishqibozlarga tilaklaringiz...

- Albatta, jamoamizning qayd etayotgan natijalarda ularning o'rni beqiyosdir. SHu o'rinda muxlislarimizdan 31 avgustdagi "Andijon" jamoasi bilan bo'lib o'tadigan vodiy derbisida qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman.


Nodirbek Abdullaev
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика