Mirjamol Qosimov: "SHu chempionatdan so'ng to'xtab qolmoqchi emasman"
19 iyu 2015 12:58
Yangiliklar


Mirjamol Qosimov: "SHu chempionatdan so'ng to'xtab qolmoqchi emasman"
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyadan qaytib keldi. Futbolchilarimiz saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qo'limizdan kelgunicha harakat qildik. Xotiramizda qoladigan eng ajoyib kunlar mana shu jahon chempionatida o'tdi. Qoniqarli ishtirok etgan holda, yuzimiz yorug' bo'lib keldi deb o'ymayman. Futbolchilarni ko'pchiligida har qancha yaxshi o'yin ko'rsatsa ham o'zidan ko'ngli to'lmaydi. Men ham endi bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Endi faqat o'sishga harakat qilish kerak. Barcha-barchamiz ko'rsatgan jamoaviy o'yinimiz va natijadan qoniqdik deb aytsam bo'ladi"
"Biz bundan uzoqroqqa borishni ko'zlagan edik. Senegal bilan o'yinda bizga omad etishmadi. Doim oldimizga eng yuqori marra qo'yiladi va shunga harakat qilamiz", - deydi Mirjamol Qosimov.
"Biz bundan uzoqroqqa borishni ko'zlagan edik. Senegal bilan o'yinda bizga omad etishmadi. Doim oldimizga eng yuqori marra qo'yiladi va shunga harakat qilamiz", - deydi Mirjamol Qosimov.

Fikrlar