So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  0 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  3 16:39Про лига. "Жайхун" – Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  0 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  4 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  1 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  4 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  14 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  10 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1 13:42"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради  17 13:27"Челси" футболчиси "Фламенго" диққат марказида  0 12:53"Ямални икки футболчи қўриқлайди" — Симоне Инзаги  23 12:25Кьеза жамоадошларидан 1 ҳафта кечроқ Англия чемпиони бўлди  4

Mirjalol Qosimov: "Yakuniy ro'yxatni aniqlashda juda qiynaldim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yakuniy ro'yxatni aniqlashda juda qiynaldim"

Kecha bo'lib o'tgan Iroq - O'zbekiston (0:0) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.
"Birinchi bo'limda vaziyatlar juda ko'p imkoniyatlar sodir etilmoqda. Lekin ulardan unumli foydalana olmayapmiz", - deb gap boshladi Qosimov.

- Qanotda Rashidov o'ynadi, narigi qanotda Kapadze va Jeparov almashib turishdi. Yoki Rashidov sof hujumchi bo'lib o'ynashi kerakmidi?
- Bu erda vaziyatga qarab yigitlar bir-birlarining o'rnini to'ldirishlari kerak edi. Yangi Zelandiya bilan bahsda ham deyarli shunday o'ynagandik. Bu samara keltirgandi. Odil Ahmedov va Server Jeparov jarohat tufayli birinchi bor maydonga tushishdi.

- Bugungi o'yinni KXDRdan bizni kuzatish uchun murabbiylar kelishdi. Bu sizga barcha kartalarni ochib tashlamaslikka sabab bo'ldimi?
- Yo'q bizning asosiy maqsadimiz ko'proq to'p bilan o'ynashi edi. Masalan, Odil Ahmedov jarohatidan so'ng endi safga qaytdi. SHu bois tarkibni anchagina o'zgartirdim. Ahmedov va Jeparov kuzatuvchilar bo'lgani uchun ham barcha hislatlarini ko'rsatishmadi. Barcha yigitlarga bir xil yuklama berishga qaror qildim.

- Iroq bilan birinchi o'yinda Mullajonov ko'p xato qilgandi, bu safar u ham, boshqa himoyachilar ham deyarli xato qilishmadi. Bugungi o'yinda himoyachilardan qoniqish hosil qildingizmi?
- Himoyadan qachon qoniqish hosil qilamiz? Qachonki oldimizga qo'yilgan maqsadga erishsak. Lekin o'tgan o'yinga nisbatan xatolar kamayganini sezdim. Himoyachilar umuman xatoga yo'l qo'ymasligi kerak. Ular yarim himoyachilarga yordam berishlari kerak. Iordaniya bilan o'yinda o'z aybimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Iroq bilan ilk uchrashuvda ham jiddiy xatolar bo'ldi.

- Ahmedov va Jeparov jarohat tufayli maydonga tusha olmayotgan edi. To'xtaxo'jaev esa sog' bo'la turib o'ynay olmayotgan edi. Islom o'z formasini ushlab turgan ekanmi?
- To'g'ri diskvalifikaciyaning ruhiy tasir bo'ladi. Lekin uchta yig'inimizdagi bironta mashg'ulotni o'tkazib yuborgani yo'q. SHu bois formasi joyida, biroq o'yin amaliyoti yo'q edi. Yig'indagi so'nggi bahs bo'lgani uchun unga imkon berishga qaror qildim.

- Bugun Bobur Yo'ldoshev, Javlon Ibrohimov va Igor Sergeev o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Javlonda jarohati borligi tufayli qaydnomaga kiritilmadi. Sergeev o'tgan o'yinda qo'lidan kichik jarohat olgandi.

- Osiyo Kubogiga qaysi futbolchilar bormaydigan bo'ldi?
- Bobur Yo'ldoshev va Javlon Ibrohimov afsuski yakuniy ro'yxatdan o'rin olmaydi. Uchinchi futbolchi kim bo'lishi hali nomalum. Bahodir Nasimov yoki Navro'z Alimovdan biri Avstraliyaga bormaydi. Lekin bu futbolchilar ro'yxatdan o'rin olmadim deb xafa bo'lishlpri kerak emas. Oldin ham aytganman, qita chempionatiga 23 nafar futbolchini olib borish kerak. Qo'limda bo'lsa barcha yigitlarni olib ketardim. Rosti qaror qabul qilish juda og'ir bo'ldi. Terma safida mashg'ulot o'tkazgan barcha yigitlarning tayyorgarlik jarayonida yordami tegdi. Bundan oldingi yig'inda ishtirok etib so'nggi yig'inga kelmaganlar ham borini berib harakat qilgandi.

- Nasib qilsa Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etsak. Terma jamoani mukofotlash bo'ladi. O'shanda mana shu ro'yxatga kiritilmay qolgan uch futbolchi ham inobatga olinadimi?
- Albatta, nafaqat bu futbolchilar, aytganimdek bundan oldingi yig'inlarda qatnashgan futbolchilar ham inobatga olinadi. Hech kimni esdan chiqarmaymiz.

 
Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика