MIRJALOL QOSIMOV: “TO'G'RI TANQIDNI QABUL QILAMAN, LEKIN SHAXSIYATGA TEGADIGAN GAPLARGA MUTLAQO QARSHIMAN”
30 iyu 2013 11:21
Yangiliklar
MIRJALOL QOSIMOV: “TO'G'RI TANQIDNI QABUL QILAMAN, LEKIN SHAXSIYATGA TEGADIGAN GAPLARGA MUTLAQO QARSHIMAN”
Milliy terma jamoamizning to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga chiqa olmagani hammamizga birdek qattiq tasir qildi.
CHunki hali hech qachon mundialga borishga bunchalik yaqin kelmagandik. Vazifa bajarilmagach, ko'pchilik tomonidan ham terma jamoa, ham bosh murabbiy Mirjalol Qosimov keskin tanqidga uchradi. Qizig'i shundaki, aksariyat qalamkashlar butun vujudi bilan tanqidiy fikrlar yozishga berilib ketdi. Bu orada deyarli hech kimda Qosimovni ham bir eshitib ko'raylik, balki murabbiyning ham aytadigan gaplari bordir degan xayolga bormadi. Masalaning shu tomonlarini obdon o'ylab ko'rgach, menda Mirjalol Qo'shoqovich bilan uchrashib, dildan suhbatlashish fikri tug'ildi. Natijada o'tgan haftaning muborak juma kunida Mirjalol Qosimov bilan uchrashganimda avval bir quvonchli xabarni eshitib, u kishini tabriklab qo'ydim. Yani, xuddi shu kuni Mirjalol aka o'g'il nevarali bo'ldi. SHundan so'ng mavzu odatiy savol-javoblarga ko'chdi.
- Qatar bilan o'yindan keyin oradan bir oydan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa-da, keng jamoatchilik hamon jahon chempionatiga to'g'ridan to'g'ri chiqa olmaganimizni muhokama qilmoqda. Bundan chiqdi, xalqimiz jahon chempionatiga borishimizni judayam kutgan va shunga ishongan ekan, to'g'rimi?
- Jahon chempionatiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmaganimiz hali ko'p vaqt eslanadi. CHunki bunday katta musobaqaga borish uchun bunchalik yaqin kelmagandik. Jahon chempionatiga chiqish hammamizning orzumiz edi, muxlislarimiz uzoq yillardan beri buni kutishayotgandi. Lekin uzoq kutilgan yo'llanmani qo'lga kiritishimizga ozgina etmay qoldi. Bu esa barchaga juda-juda alam qilyapti. Endi oldimizda faqat pley-off orqali yo'llanmaga ega bo'lish qoldi, shunday ekan, baribir oxirigacha kurashamiz. SHu o'rinda aytib o'tishim kerak, 14 ochko to'plab ham jahon chempionatiga chiqa olmaganimizdan keyin bunga ko'pchilik turli munosabatda bo'ldi. Hozir ham odamlarning bu boradagi fikr-mulohazasi davom etmoqda. Qatarni yirik hisobda yutib ham vazifa bajarilmaganidan keyin atrofimdagilarning ko'pchiligi meni ruhan qo'llab quvvatladi. Birinchi navbatda oilamga rahmat aytmoqchiman, shuningdek, yaqin do'stlarimga ham. To'g'risini aytishim kerak, agar jahon chempionatiga chiqqanimizda hozir mendan yaxshi murabbiy bo'lmasdi, hamma maqtashga tushib ketardi. Ammo chiqa olmaganimizdan so'ng oradan ko'p o'tmay kim men tomonda, kim qarshi tomonda ekanligi ajralib qoldi. SHunga qarab men ham atrofimdagi kishilarning menga bo'lgan asl munosabatini bilib oldim. To'g'risi, jamoa qachonki yutqazsa yoki vazifani bajara olmay qolgan taqdirdagina do'st kim, dushman kim bilinib qolar ekan. Mabodo yutishda davom etaversangiz, sizni tanqid qilishga hech kim botina olmaydi va shunda hamma men tomonda ekan degan fikrga borasiz. Lekin mana endi ko'rdimki, oramizda har xil odamlar bor ekan.
- O'tgan yil safarda Qatar va Eronni yutganimizdan so'ng terma jamoaga bo'lgan ishonch yanada yuksala boshladi. Ammo bu yil hisobidan olib qaraydigan bo'lsak, o'yinlarimizda pasayish yuzaga keldi. Buni bosh murabbiy sifatida tan olasizmi?
- Pasayish? Qaysi o'yinlarda?
- Masalan, Gonkong va Livan bilan kechgan bahslarni olaylik.
- To'g'ri, Gonkong bilan kechgan uchrashuvda o'yinimiz qovushmagani rost. Buni bemalol aytishim mumkin. Lekin Livanni arang yutdik degan fikrlarga qo'shilmayman. Negaki o'yinning to'liq qismi bizning ustunligimiz ostida kechdi, faqat xavfli vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsadik, xolos. Birgina Farhod Tojievning o'zida uchta yuz foizli imkoniyat bo'la turib, birortasida gol ura olmadi. SHuningdek, boshqa futbolchilarda ham to'p kiritish uchun vaziyatlar bo'lgandi. To'g'ri, yagona gol rikoshet holatida raqib darvozasiga kirdi, ammo bu - o'yinni arang yutdik degani emas. Futbolda oldindan scenariy yozib shu asosda maydonga tushishning iloji yo'q. Jamoa harqancha tayyorgarlik ko'rmasin, maydonda raqibga karshi kurash olib boradi va raqib ham g'alaba ilinjida to'p surishini unutmaslik lozim. Mana shuning uchun ham dunyoning har bir chekkasida futbolni sevishadi. Futbolda epizodlar ko'p narsani hal qiladi. Janubiy Koreya bilan har ikkala uchrashuvda ham golga tortadigan vaziyatlarga ega bo'ldik. Lekin foydalanishga kelganda baribir o'yinchilar oqsab qolishdi.
- Janubiy Koreyaga qarshi safarda kechgan o'yinda Akmal SHorahmedovning avtogoli ko'plab gap-so'zlarga sabab bo'ldi.
- Men Akmalni juda yaxshi bilaman. U toza bola. Uning ataylab jamoa zarariga nimadir qilishiga umuman ishonmayman. Aytganimdek, futbolda ko'p narsani epizodlar hal qiladi. O'sha avtogol boshqa o'yinchi bilan ham sodir bo'lishi mumkin edi. SHunday bo'ldiki, Akmal kutilmaganda to'pni o'z darvozamizga kiritib qo'ydi. O'yindan keyin futbolchi ancha payt o'ziga kela olmadi. “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tgan “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvida to'p SHorahmedovga tushgan zahoti bazi muxlislar “Akmal – Koreya!” deb baqira boshlashdi. Oradan ko'p o'tmay “Paxtakor” himoyachisi Boyan Miladinovich o'ziga o'zi gol urib qo'ydi. Xo'sh, bu bilan nima demoqchiman? Oldin qirq yilda qaytsa, hozir qirq daqiqada qaytar dunyo bo'lyapti. Akmal Koreyada avtogol qilgani bilan baribir terma jamoamiz uchun jon kuydirib o'ynadi-ku. Nega endi uni ruhan qo'llash o'rniga har xil gaplar bilan ko'nglini cho'ktirish kerak? Agar o'shanda SHorahmedovning o'rnida boshqa futbolchi bo'lganida ham men terma jamoa bosh murabbiyi sifatida o'sha o'yinchini himoya qilgan bo'lardim. Sababi, milliy terma jamoa azosini o'z darvozasiga bilib turib gol urishda ayblash ahmoqlikdan boshqa narsa emas.
- Nima deb o'ylaysiz, murabbiyning ishiga har doim natijaga qarab baho berish to'g'rimikan?
- Futbolda shunaqa: hammasi oxiri borib baribir natijaga taqaladi. Futbolni hamma turlicha talqin qiladi. Kimdir chiroyli o'yin ko'rsak bo'ldi deydi, kimdir esa faqat natija talab qiladi. CHiroyli o'yin ko'rsatishni hammayam xohlaydi, lekin qarshilik bor, maydonning narigi tarafida sizga o'xshagan raqib bor. SHu bois ham o'yinlar doim chiroyli chiqmasligi mumkin. Qolaversa, zamonaviy futbolda murabbiylardan birinchi navbatda natija talab qilish odam tusiga kirib ulgurdi. Bu xuddi mazali ovqat pishirsang-u, bundan o'zing istemol qilmasang, ovqat pishirishni nima keragi bor degandek gap. Natija ham shunga o'xshaydi, murabbiy o'z ishining mevasini ko'ra bilishi kerak.
- Garchi jahon chempionatiga to'g'ridan to'g'ri chiqa olmagan bo'lsak-da, mana shu bir yil ichida amalga oshirgan ishimdan rohat oldim deb o'ylaysizmi?
- O'ylaymanki, yigitlar bilan katta ishni bajardik. Faqat jahon chempionatiga chiqa olmadik, xolos. Agar yakuniy natijani bir chetga qo'yib turadigan bo'lsak, qilgan ishlarim besamar ketmadi degan umiddaman. Bundan tashqari, mana shu bir yil ichida murabbiy sifatida ancha ulg'aydim.
- Terma jamoa o'yinchilari bilan munosabatingiz qanday?
- Hozirgi kunda hammaga bir xil yoqishning iloji yo'q. Jamoada bosh murabbiy hammaga talabchan bo'lganidan keyin xohlaysanmi-yo'qmi, barchaga birdek yoqmaysan. Har bir jamoada avvalambor tartib-intizom bo'lishi shart. Mana siz futbolchilar bilan munosabatimni so'rayapsiz, bunday o'ylab qarasak, men o'yinchilar bilan nimani talashishim mumkin? Albatta, hech narsani. Futbolchining ishi maydonga chiqib o'ynash, murabbiyning vazifasi esa shogirdlarini bo'lajak bellashuvga tayyorlash hisoblanadi. SHunday ekan, bu erda talashadigan narsani ko'rmayapman. Terma jamoadagi hamma o'yinchilarni doim o'zimga yaqin olib kelganman, talabni ham hammaga bir xil qo'yganman.
- Mabodo futbolchilar orasida guruhbozlik yo'qmi?
- Yo'q. Masalan, men buni sezmadim. Xitoy va Janubiy Koreya bilan o'yinlarda sakkiz kuncha chetda yurdik. O'shanda futbolchilarga etibor berib, jamoada guruhbozlik yo'qligiga amin bo'ldim. Bejizga yo'l azobi – go'r azobi deyilmagan. Xitoydan to Koreyaga etib borguncha qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Mana shunday qiyin sharoitda futbolchilarning yaqqol jamoa ekanligini his qildim. O'shanda barchamiz kayfiyatni tushirmaslikka harakat qildik.
- Oxirgi paytlarda futbolga oid bazi saytlarda sizni juda ko'p tanqid qilishmoqda. Tanqidlardan charchab ketmadizmi?
- Men tanqidga har doim to'g'ri munosabatda bo'lib kelganman. Ammo shaxsiyatga tegadigan gap-so'zlar yozilsa, buni aslo qabul qilolmayman. Bilasizmi, nimadan jahlim chiqadi? Bizda ko'pchilik terma jamoa mashg'ulotiga, o'yiniga kelmay turib, qanday sharoitlarda yashayotganimizni bilmay turib, televizorda o'yinni ko'radi-yu, yutqazib qo'ysak darrov tanqid qilishga tushadi. Buning ustiga bazilar shaxsiyatga tegadigan gaplarni ham yozishadi. Yana qaytarib aytaman, agar jahon chempionatiga chiqqanimizda mendan zo'ri bo'lmasdi, to'g'rimi? Hozirgi tanqidlarni o'qir ekanman, bularning bari ataylab uyushtirilmoqda degan fikrdaman. Qarang, 18 iyun kuni Qatar bilan o'ynagan bo'lsak, 19 iyundan boshlab davom etib kelayotgan tanqidiy maqolalar birma bir tahlil qilib chiqilsa, bularning hammasi uyushtirilgan, “zakaznoy” ekanligi malum bo'lib qoladi. Negadir to hozirgi kungacha faqat minus tomonlar yozilyapti. Tanqidchi esa masalaning ijobiy tomonini ham ko'ra bilishi lozim.
- Sizni ommaviy ravishda tanqid qilayotganlar hech o'zingiz bilan uchrashib suhbat qilishga urinib ko'rishmadimi?
- Yo'q, bu borada menga hech kim murojaat qilgani yo'q. Vaholanki, tanqidchi avval murabbiyni ham eshitishi kerakmi-yo'qmi? Jurnalistlar orasida men taniydigan Kamoliddin Alimov, Norbek Niyozov, Oybek Yunusov kabi qalamkashlar ham bor va ular doim men bilan muloqot qilib turishadi. O'yinlarga, mashg'ulotlarga kelishadi va o'z kuzatuvlari natijasida kerak bo'lsa tanqid ham qilishadi. Men bunday tanqidga qarshi emasman. Lekin faqat televizorda ko'rib keyin o'zicha bir narsalar deb yozayotganlarni qanday tushunish kerak? Men bir gapni ko'p qaytaraman: har kimni insof avvalo o'ziga bersin. Xudoga shukur, mening vijdonim toza va buni istalgan joyda gapira olaman.
- Tanqidchilarga qanday javob bermoqchisiz?
- Men hech kimga javob bermoqchi emasman. Aytdim-ku, hammani insof avvalo o'ziga bersin. Faqat bir narsaga hayron qolaman, bizda ko'plab murabbiylar, futbol faxriylari, vaqtida terma jamoani elkasida ko'tarib yurgan sobiq futbolchilar bor, nega shularning fikri bilan birov qiziqmaydi? Murabbiy – mutaxassis degani, mayli mendan intervyu olishmasin, lekin boshqa murabbiylar bilan terma jamoa xususida suhbatlashsa bo'ladi-ku. Hozir yoppasiga meni va terma jamoani tanqid qilayotganlar go'yoki o'zlarini mutaxassisdek tutib gapirishmoqda. Men hech kimga oppoqman, beaybman demoqchi emasman, xato qildimmi, buni tan olaman va xatoni tuzatish ustida ishlayman.
- “Bunyodkor” ishtirokidagi o'yinlardan keyin matbuot anjumaniga kirmayotganingiz ham turli gap-so'zlarga sabab bo'lmoqda.
- Qatar bilan o'yindan keyin garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz men uchun juda qattiq ruhiy zarba bo'ldi. SHundan so'ng o'zimga o'zim birinchi davra tugaguncha o'yindan keyingi matbuot anjumanlariga bormay turaman dedim. Sababi shu.
- Ammo reglamentda bosh murabbiylarning matbuot anjumanida ishtirok etishi shart qilib belgilab qo'yilgan.
- Xo'p shunday ekan, unda oliy liganing har bir o'yinidan keyin matbuot anjumani o'tkazilyapti deya olamizmi? Hozir gapirsak gap chiqaveradi. SHunday bo'lyaptiki, bazi klublarda nuqul yordamchi murabbiylar intervyu berishadi, lekin birov miq etmaydi. Hayronman, nima uchundir hamma faqat meni ko'radi. Aytganimdek, vazifa bajarilmagani menga qattiq tasir qildi va shu bois ham birinchi davra tugaguncha matbuot anjumaniga kirmay turdim.
- Milliy terma jamoamizni 14 avgust kuni Turkiya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Bu o'yinga tayyorgarlik rejasi qanday bo'ladi?
- Turkiya bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda ko'p vaqt bo'lmaydi. Mahalliy futbolchilarni 11 avgust kuni to'plasak, legionerlar 12 avgustda ixtiyorimizga etib kelishadi. Qatar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan beri mana endi to'liq tarkib sifatida avgustda yig'ilamiz. Turkiya bilan bahsgacha futbolchilarni yig'ib albatta suhbat o'tkazamiz. CHunki hali jahon chempionatiga borish umidini uzganimiz yo'q.
- Yaqinda shu o'yin uchun 30 kishilik ro'yxat elon qilindi. Bevosita o'yinga nechta futbolchini tanlab olasiz?
- 23 kishini. Yani, yigirmata maydonda to'p suradigan futbolchi va uch nafar darvozabon. O'rtoqlik o'yinlarida oltita o'zgarishni amalga oshirish mumkin. O'yinning borishiga qarab barcha o'zgarishlarni amalga oshirmoqchimiz.
- Turkiya bilan o'rtoqlik uchrashuviga Aleksandr Geynrixning chaqirilmagani muxlislarda qiziqish uyg'otmoqda.
- Geynrixning imkoniyatlari menga to'liq malum. SHuningdek, Ulug'bek Baqoevning ham. SHu bois balki keyinchalik Baqoevni ham chaqirmasligim mumkin. Men uchun hujumda Ivan Nagaev, Igor Sergeev, Bahodir Nasimov va Farhod Tojievni sinab ko'rish qiziqarli tuyulyapti. Negaki bu futbolchilarga terma jamoada o'yin amaliyoti ko'proq kerak.
- Yana bir mavzu ko'p muhokama qilinmoqda. Yani, terma jamoa bosh murabbiyi bo'lishingiz bilan bir paytda “Bunyodkor”da ham ishlayapsiz. Bu esa aksariyat muxlislarning etiroziga sabab bo'lmoqda. Bu borada nima deya olasiz?
- Mening “Bunyodkor” bilan shartnomam bor. Qolaversa, O'FF rahbariyatini ham, “Bunyodkor” rahbarlarini ham ikki joyda ishlayotganim qoniqtiryapti. O'zimga qolsa jahon chempionatiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritganimizda “Bunyodkor”dan bo'shab, faqat terma jamoa uchun ishlash niyatim bor edi. SHunday ekan, keyinchalik nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.
- Keyingi yig'inlarda Vagiz Galiulin bilan Kamoliddin Tojievni ham chaqirish rejada bormi?
- Vagizni “Rubin” o'tgan yil o'yin amaliyoti oshsin degan maqsadda boshqa jamoaga ijaraga berib yuborgandi. Mana endi bu yil yana o'zining jamoasiga qaytib sekin-asta asosiy tarkibda o'ynay boshladi. Hozircha uni bezovta qilmay turganimiz maqul, avval o'z klubida muntazam joyiga ega bo'lsin, keyin chaqirish rejada bor. Kamoliddin Tojievni ham kuzatib kelyapmiz. Vaqti kelib uni ham terma jamoaga taklif etamiz.
- SHavkat Mullajonov deyarli barcha yig'inlarda ishtirok etgan bo'lsa-da, bu yil hisobidan rasmiy o'yinlarda hali maydonga tushmadi. Buning sababi nimada?
- Himoya markazida Anzur Ismoilov – Islom To'xtaxo'jaev juftligi yomon ko'rinmayapti. Bu o'yinchilarning harakatida o'zaro bog'liqlik bor. SHavkatning o'ng qanotda ham to'p sura olishini inobatga olsak, bu erda Akmal SHorahmedov bilan Islom Inomov bor. Ammo shunga qaramay, Mullajonov ham yaxshi futbolchi va kelajakda undan ham foydalanamiz.
Xayrulla XOLIQOV suhbatlashdi.

- - Xo'p, sizni tanqid qilishayotgan, kerak bo'lsa, shaxsiyatga tegadigan gaplarni yozishayotgan ekan, unda nima uchun O'FF matbuot kotibi sizni himoya qilmayapti?
- - Bu holni men quyidagicha qabul qildim. Xitoyda ekanligimizda bir voqea sodir bo'ldi. Ammo uni keng jamoatchilikka dasturxon qilib yoymoqchi emasman. Faqat bir jumla bilan tushuntiraman: terma matbuot kotibi o'z shaxsiy muammosini jamoa rejasidan ustun qo'ydi va natijada men bosh murabbiy sifatida bunga keskin munosabatda bo'ldim. SHundan keyin u nafaqat meni himoya qilish, balki menga qarshi “kampaniya” boshlanishiga ham sharoit yaratib berdi. Bor gap shu. Mayli, u meni himoya qilmasin, lekin terma jamoani matbuot orqali himoya qilish uning ishi-ku. Xullas, terma jamoa to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin o'tgan bir oy ichida kimning qanaqa odamligini yaqqol ajratib oldim. Rizaev Xitoy va Koreyada biz bilan birga yurdi, qanday vaziyatlarga tushganimizni o'z ko'zi bilan ko'rdi. Lekin qaytib kelganimizdan beri bu borada lom-mim demadi. Bemalol aytishim mumkin, jahon chempionatiga borishni hech kim bizchalik ko'p xohlamagan edi.

Fikrlar